12:59 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Siyosat
Havola olish
20910

Nizom bilan Idoralararo komissiyaning vazifalari va funktsiyalari, tarkibi, faoliyatini tashkil etish va ishlash tartibi belgilangan.

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Vazirlar mahkamasi “Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni qabul qildi, deya yozadi Norma.uz.

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi va yoʻnalishlarni belgilaydigan kollegial organ hisoblanadi. Nizom bilan Idoralararo komissiyaning vazifalari va funktsiyalari, tarkibi, faoliyatini tashkil etish va ishlash tartibi belgilangan.

Idoralararo komissiya oʻz faoliyatini yigʻilishlar shaklida amalga oshiradi, ular bir yilda kamida ikki marta oʻtkaziladi.

Idoralararo komissiya yigʻilishlariga materiallarni tayyorlash uning kotibiyati – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining JST bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Koʻriladigan masalalar boʻyicha qarorlar komissiya aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Idoralararo komissiya Vazirlar mahkamasiga oʻtkazilgan yigʻilish yakunlari boʻyicha hisobot kiritadi.

Asosiy mavzular