IIV PPX bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPeredacha portfelya iz ruk v ruki
Peredacha portfelya iz ruk v ruki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Polkovnik Azizxon Umarxonov IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasiga rahbari etib tayinlandi.

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Polkovnik Azizxon Umarxonov O‘zbekiston IIV Patrul — post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Pismenniy nabor glavi gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi

U tayinlovga qadar Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Murodilla Alikariyev Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi. Bunga qadar Alikariyev Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Yangiliklar lentasi
0