18:44 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Siyosat
Havola olish
446 0 0

Afroamerikalik Jordj Floyd politsiya qoʻlida halok boʻlgach, AQShning Minneapolisida va boshqa koʻplab yirik shaharlarida tartibsizliklar avj olgan edi

TOSHKENT, 2 iyun - Sputnik. AQShda politsiyachilar Sputnik prodyuseri Nikol Russelga qarata, u press-kartasini taqdim taqdim etganiga qaramay, bir necha bor rezina oʻqlarni uzdi, deb tezkor xabar berdi RIA Novosti.

Nikol Oq uy atrofida boʻlayotgan norozilik namoyishlarini yoritayotgan boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, afroamerikalik Jordj Floyd politsiya qoʻlida halok boʻlgach, AQShning Minneapolisida va boshqa koʻplab yirik shaharlarida tartibsizliklar avj olgan edi.

Internetda tarqalgan videoga koʻra, politsiyachilar Floyd qoʻliga kishan taqadilar va uchovlashib uning ustiga yotib olishadi, ulardan biri yigitning tomogʻiga tizzasini tiraydi. Floyd videoda bir necha bor nafas ololmayotganini aytadi va soʻngra jimib qoladi. Afroamerikalik kasalxonada vafot etgan. Tartibsizliklar boshlangach, toʻrt nafar politsiyachi ishdan haydaladi, ulardan biri ehtiyotkorsizlik oqibatida sodir etilgan qotillikda ayblanadi. Minneapolis va qoʻshni Sent-Polda dam olish kunlarida komendant soati eʼlon qilingan.

Asosiy mavzular