16:47 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Siyosat
Havola olish
701 0 0

Rossiya Federatsiya kengashi xalqaro masalalar boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Vladimir Jabarovga koʻra, Rossiyaning ikki diplomati Chexiya tomonidan "persona non-grata" deya eʼlon qilinishi ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushiradi

TOSHKENT, 5 iyun - Sputnik. Chexiya hukumati Rossiya elchixonasining ikki vakilini chiqarib yubormoqda. Bu haqda matbuot-anjumani vaqtida mamlakat bosh vaziri Andrey Babish bayonot berdi.

Siyosatchining aytishicha, ushbu qaror rossiyalik diplomatning Chexiyaga ritsin ogʻusini olib kelishi bilan bogʻliqdir.

"Biz suveren davlatmiz va bu kabi aktsiyalar bizlar uchun nomaqbul. Ushbu holatda biz shunday qaror qabul qildik: Rossiya elchixonasining ikki vakili mamlakatda "persona non-grata", deya eʼlon qilindi", - deb aytgan bosh vazir.

Rossiya elchixonasi Praganing ushbu qarorini avval boshdan asossiz ayblovlarga yoʻgʻrilgan nodoʻstona qadam va "toʻqilgan fitna", deya baholagan edi. Dipmissiya Chexiya tomoni qoʻllagan choralardan gʻoyatda hafsalasi pir boʻlganini va ushbu holat kollektiv muloqot uchun maydonni yanada toraytirganini taʼkidladi.

"Ogʻu koʻtargan diplomat" atrofidagi janjal

Aprel oyi oxirida Respekt nashri Pragaga Rossiya pasportiga ega allaqanday erkak kirib kelgani haqida xabar bergan edi. Jurnalistlar taʼkidiga koʻra, u oʻzi bilan uch nafar mahalliy siyosatchilarni zaharlash maqsadida ritsin ogʻusini olib kelgan. Bu siyosatchilar sovet marshali Ivan Konevning haykali olib tashlanishiga va Rossiya elchixonasi oldidagi maydonning Boris Nemtsov sharafiga qayta nomlanishiga aloqasi boʻlgan.

Sal vaqt oʻtib, chexiya OAVlari oʻsha erkakning ismini oshkor qilishadi — ular versiyasiga koʻra, u Rossotrudnichestvo vakolatxonasining rahbari vazifasini bajaruvchisi Andrey Konchakov boʻlgan.

Pragadagi Rossiya elchixonasi ushbu xabarlarni "chidab boʻlmas va razil", deya atab, dipmissiya vakiliga politsiyachi qoʻriqchini biriktirishni soʻragan. Sababi, OAVlarda keng tus olgan shaxsga nisbatan taʼqiblardan soʻng Konchakov nomiga taxdidlar yogʻila boshlagan.

Dalilsiz ayblov

Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov chexiya OAVlarining xabarlari navbatdagi yolgʻonga oʻxshashini taʼkidlagan boʻlsa, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskva Chexiyada kimnidir zaharlashga uringani borasida hech kim negadir dalillarni taqdim etmayotganiga eʼtibor qaratgan.

Chexiya prezidenti Milosh Zeman ham zaharlashga urinish borasidagi xabarlar haqiqatligiga shubha bildirgan, bosh vazirning birinchi oʻrinbosari va IIV rahbari Yan Gamachek esa politsiya va maxsus xizmatlar, aftidan, hech qanday isbot-dalilga ega emasligini tan olgan.

Rossiya Federatsiya kengashi xalqaro masalalar boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Vladimir Jabarov RIA Novostiga bergan intervyusida Chexiya tomonidan Rossiya elchixonasining ikki xodimi "persona non-grata" sifatida eʼlon qilinishi ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar yomonlashishiga olib kelishini aytdi.

Rossiya Praganing ushbu qaroriga munosib javob qaytaradi, deya taʼkidladi Jabarov.

Asosiy mavzular