17:19 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Siyosat
Havola olish
184940

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi sheriklar sonini 85tadan 60taga qisqartirmoqda. Xususan, Markaziy Osiyo yoʻnalishida Oʻzbekistondan boshqa davlatlar "bort ortida" qolgan

TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Germaniya tashqi siyosatda oʻz strategiyasini qayta koʻrib chiqmoqda va koʻplab sherik-davlatlar bilan hamkorlikdagi loyihalarni toʻxtatmoqda, deb xabar qildi Deutsche Welle.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi sheriklar sonini 85tadan 60taga qisqartirmoqda.

Idora rahbari Gerd Myullerning rasmiy bayonotiga muvofiq, vazirlik tomonidan roʻyxatdan oʻchirilgan ayrim davlatlar "shu darajada taraqqiy etganki, endilikda koʻmakka muhtoj emas". Boshqa davlatlarda esa Germaniyaning yordami "boshqa davlatlar fonida" shunchaki koʻrinmay qolmoqda.

Shu bilan birga, idora, ushbu davlatlar bilan muloqotni davom ettirishini, ammo u yangi shaklda davom etishiga ishontirgan, yoʻlga qoʻyilgan loyihalar esa, albatta, yakuniga yetkaziladi.

Xususan, Markaziy Osiyoda Germaniya faqatgina Oʻzbekiston bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Turkmaniston va Qozogʻiston bilan hamkorlik toʻliq toʻxtatilmoqda, Tojikiston va Qirgʻiziston bilan faoliyat esa mavjud bitimlar boʻyichagina davom ettiriladi. Shu bilan birga ushbu loyihalar muddati uzaytirilishi mumkinligi qayd etilgan.

Germaniya moliya vazirligining ushbu qarori nemis deputatlarining tanqidiga uchragan. Bundestagning "Germaniya - Markaziy Osiyo" parlament guruhi rahbari, deputat Manfred Grund ushbu qaror boʻyicha oʻzining hayratini yashirmagan va mintaqadagi koʻpgina masalalarni faqatgina Oʻzbekiston bilan hal etish mumkin emasligini, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ishtiroki ham muhimligini aytgan.

Grund fikricha, Germaniya oʻzining bu "ketishi" bilan "moliyaviy va texnologik tuynuklarni qoldirmoqda va ularni bajonidil boshqalar, misol uchun, Xitoy tez orada toʻldirishi mumkin".

Asosiy mavzular