Majburiy ijro burosining qator vakolatlari tegishli tashkilotlarga o‘tkaziladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya provodit reyd po adresam doljnikov
Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya provodit reyd po adresam doljnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident farmoni bilan 1-avgustdan MIBning qator vakolatlari Energetika vazirligiga va boshqa organlarga o‘tkaziladi.

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2020-yil 1-avgustdan Majburiy ijro burosining qo‘yidagi vakolatlari tegishli tashkilotlarga o‘tkaziladi:

  • elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarini joriy etilishini tashkil etish va ushbu jarayonlar ustidan monitoring o‘tkazishga doir vazifa va vakolatlar – Energetika vazirligiga
  • elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlash, iste’molchilarning qarzdorligini kamaytirish, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz sotuvi va iste’molini hisobga olishga olish bo‘yicha vazifa va  vakolatlari – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minoti” AJning hududiy tashkilotlariga;
  • elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-taroj holatlarini  aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga doir vakolatlar –  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minoti” AJning hududiy tashkilotlariga hamda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga;
  • elektr energiyasi va tabiiy gazni ehtiyot qilish va ulardan foydalanish yuzasidan iste’molchilarning huquqiy madaniyatini va mas’uliyatini oshirishga doir vazifa va vakolatlar – Energetika vazirligi, Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minoti” AJga;
  • energiya resurslari uchun hisob-kitob qilinishini ta’minlash tizimini kompleks tahlil qilish, tizimli muammolarni aniqlash, takomillashtirish  bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga doir vazifalar – Energetika vazirligiga.
Yangiliklar lentasi
0