18:14 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Siyosat
Havola olish
168441

Kreml saytida Vladimir Putinning maqolasi joylashtirilgan. Muallif unda Ikkinchi jahon urushi va 75 yil muqaddam fashizmga qarshi kurash olib borgan sovet xalqi koʻrsatgan mardonavorlikka nisbatan ehtirom ila munosabatda boʻlish ahamiyati haqida fikr yuritadi

Ulugʻ Vatan urushi yakun topganiga 75 yil toʻldi. Bu yillar oraligʻida bir necha avlod ulgʻaydi. Sayyoraning siyosiy xaritasi oʻzgardi. Natsizm ustidan buyuk, qaqshatgich gʻalaba qozongan va butun dunyoni qutqargan Sovet Ittifoqi yoʻq. Qolaversa, oʻsha urush voqealarining oʻzi hatto uning ishtirokchilari uchun ham uzoq oʻtmish. Lekin Rossiyada 9 may nega asosiy bayram sifatida nishonlanadi-yu, 22 iyun kuni hayot goʻyo toʻxtab qoladi va tomoqqa nimadir qadalgandek boʻladi?

Urush har bir oila tarixida chuqur iz qoldirgan, deb aytish anʼanaga aylanib qolgan. Bu soʻzlar ortida - millionlab insonlarning taqdiri, ular chekkan uqubat va yoʻqotishlar alami yotadi. Gʻurur, haqiqat va xotira.

Mening ota-onam uchun urush – bu ikki yashar akam Vityani oʻldirgan Leningrad blokadasining qoʻrqinchli azoblaridir. U yerda onam moʻʼjiza tufayligina jon saqlab qolganlar. Otam urushga bormaslik huquqi - "bron"ga ega boʻlsalar-da, ona shahrini himoyalash uchun koʻngillilar safida jangga ketganlar - u kishi millionlab sovet fuqarolari singari yoʻl tutganlar. "Neva pyatachogi" platsdarmida jang qilib, ogʻir jarohatlanganlar. Yillar olislab borgani sari ota-onam bilan ularning harbiy davrdagi hayoti ikir-chikirlari haqida batafsilroq suhbat qurish va maʼlumotga ega boʻlishga ehtiyoj ortib borardi. Lekin endi savollarimni ularga bera olmayman, shu bois, bu mavzuda otam va onam bilan qurgan suhbatlarimni, ularning deyarli bildirmagan hissiyotlarini avaylab yuragim tubida asrab kelaman.

Men va tengdoshlarim uchun farzandlarimiz, nevaralarimiz, evaralarimiz ularning ajdodlari qanday sinov va uqubatlardan oʻtganliklarini anglashlari muhim. Ular qanday qilib bunga bardosh bera oldilar va gʻalaba qozondilar? Butun dunyoni hayratga solgan va lol qoldirgan ulardagi chinakam poʻlat iroda qayerdan keldi? Ha, ular oʻz uylari, farzandlari, yaqinlari, oilasini himoya qildilar. Ammo barchani Vatan, Yurtga boʻlgan muhabbat birlashtirgandi. Bu oʻta chuqur va shaxsiy tuygʻu xalqimizning asliyatida toʻla-toʻkis oʻz aksini topgan va natsistlarga qarshi mardonavor va fidokorona kurashda eng muhimlaridan biriga aylangan edi.

Koʻpincha hozirgi avlod inqirozli holatda oʻzini qanday tutadi, qanday harakat qiladi, deya savol beradilar. Bugun mening koʻz oldimda kechagina talaba boʻlgan shifokor, hamshiralar odamlar hayotini saqlab qolish uchun "qizil zonaga" yoʻl olishmoqda. Shimoliy Kavkazda, Suriyada xalqaro terrorizmga qarshi kurash davomida jonini ayamagan harbiy xizmatchilarimiz - yosh yigitlardir! Afsonaviy, umrboqiy oltinchi desantchilar rotasining koʻplab jangchilari 19-20 yoshda edi. Lekin ularning barchasi Ulugʻ Vatan urushi vaqtida oʻz Vatanini himoyalagan jangchilarimiz koʻrsatgan jasoratga loyiqligini namoyon etdilar.

Vaziyat taqazo etsa, oʻz burchini ado etish va oʻzini ayamaslik Rossiya xalqlarining xarakterida mujassamligiga aminman. Fidokorlik, vatanparvarlik, oʻz xonadoniga, Yurtiga muhabbat – ushbu qadriyatlar bugun ham Rossiya jamiyati uchun fundamental, asosiy sanaladi. Mamlakatimiz suvereniteti ham aksariyat hollarda shu qadriyatlar tufayli mustahkamlanib turibdi.

Hozirda bizda xalqimiz tomonidan yaratilgan "Oʻlmas polk" singari yangi anʼanalar paydo boʻldi. Bu bizning avlodlar oʻrtasidagi oʻta yaqin va jonli aloqalar, minnatdor xotiramiz marshidir. Bunda millionlab insonlar oʻz Vatanini himoya qilgan va natsizmni tor-mor etgan yaqinlari fotosuratlari bilan yurishlarga chiqadilar. Bu ularning hayoti, sinovlar va qurbonlar, ular bizga taqdim etgan Gʻalaba hech qachon unutilmaydi, degani.

Bizning oʻtmish va kelajak oldidagi masʼuliyatimiz – oʻsha dahshatli fojialar takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun barcha choralarni qoʻllash. Shu bois, Ikkinchi jahon va Ulugʻ Vatan urushlari haqidagi maqola bilan chiqish qilishni oʻz burchim deb bildim. Bu gʻoyani jahon yetakchilari bilan suhbatlarda bir necha marotaba muhokama qildim, ular buni tushunishdi. Oʻtgan yil oxirida MDH mamlakatlari yetakchilari sammitida biz barchamiz natsizm ustidan gʻalaba, avvalo, sovet xalqi tomonidan qozonilgani, ushbu mardonavor kurashda - front va front ortida Sovet Ittifoqi respublikalarining barcha vakillari yelkama-yelka turganliklari haqidagi xotirani kelgusi avlodga yetkazish muhim degan fikrda edik. Oʻsha vaqtda hamkasblar bilan murakkab urush oldi davri haqida suhbatlashgan edim.

Bu muloqot Yevropa va jahonda katta shov-shuvlarni keltirib chiqardi. Demak-ki, oʻtmish saboqlariga murojaat haqiqatdan ham zarur va dolzarbdir. Shu bilan birga koʻplab his-tuygʻular, ochiq aytilmaganiga qaramay, sezilib turgan komplekslar, shovqin-suronli ayblovlar koʻp boʻldi. Qator siyosatchilar, odatga koʻra, Rossiya tarixni qayta koʻchirishga urinmoqda, deya bayonotlar qilishga shoshilishdi. Ammo shu bilan birga ular keltirilgan birorta fakt, birorta dalilni inkor eta olmadilar. Tabiiyki, asl hujjatlarga qarshi bahslashish qiyin va ilojsiz, aytgancha, ular nafaqat Rossiya, balki xorijiy davlatlar arxivlarida ham saqlanib kelinadi.

Shu bois, bizning davlatimiz va butun dunyo uchun jahon urushiga olib kelgan sabablar tahlilini davom ettirishga, urushning murakkab voqeliklari, fojialari va gʻalabalari, u bergan saboqlar haqida fikr yuritishga ehtiyoj bor. Va bu yerda, takrorlab oʻtaman, faqatgina arxiv materiallari, zamondoshlar guvohliklariga tayanish, har qanday mafkuraviy va siyosiylashgan uydirmalarni rad etish oʻta muhim.

Barchaga ayon boʻlib turgan narsani yana bir bor eslatib oʻtaman: Ikkinchi jahon urushining chuqur sabablari aksar hollarda Birinchi jahon urushi yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlardan kelib chiqadi. Versal shartnomasi Germaniya uchun oʻta adolatsizlik timsoli boʻldi. Xususan, gap bu yerda gʻarblik sheriklarga oʻz iqtisodini zaiflashtiradigan ulkan reparatsiyalarni toʻlashga majbur boʻlgan davlatning talon-taroj etilishi ustida borardi. Ittifoq qoʻshinlari bosh qoʻmondoni, frantsuz marshali F.Fosh "Versal"ga: "Bu tinchlik emas, yigirma yillik yarashuv", deya dohiyona taʼrif bergandi.

Aynan milliy kamsitilish Germaniyada radikal va revanshistik kayfiyatlar uchun ozuqa muhitni shakllantirdi. Natsistlar ana shu kayfiyatdan uddaburrolik bilan foydalanib, oʻz tashviqotini targʻib etar, Germaniyani "Versal merosidan" xalos etish va uning oʻtmishdagi qudratini qayta tiklash vaʼdasini berar, aslida esa nemis xalqini yangi urushga yetaklardi. Bu paradoks, ammo, bunga gʻarb davlatlari, avvalo, Buyuk Britaniya va AQSH bevosita yoki bilvosita zamin yaratgan. Ularning moliyaviy va sanoat doiralari harbiy ahamiyatga molik boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi nemis fabrika va zavodlarini faol ravishda moliyalashtirib kelgan. Aristokratiya va siyosiy isteblishment orasida esa Germaniya va Yevropada tobora kuch olayotgan radikal, oʻta oʻng qanot, milliy harakat tarafdorlari oz emas edi.

Versalcha "dunyo tartiboti" koʻpsonli yashirin ziddiyat va ochiq mojarolarni keltirib chiqardi. Bunga Birinchi jahon urushida gʻoliblar tomonidan ixtiyoriy ravishda rasmiylashtirilgan yangi Yevropa davlatlari chegaralari ularga asos edi. Xaritada ular paydo boʻlishi bilan hududiy bahslar va oʻzaro daʼvolar boshlanib ketdi va ular portlashi keyinga qoldirilgan mina tusini oldi.

Birinchi jahon urushining eng muhim yakunlaridan biri Millatlar Ligasining tashkil topishi boʻldi. Ushbu xalqaro tashkilotga uzoq muddatli tinchlik, kollektiv xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha katta umidlar bildirilgandi. Bu ilgʻor gʻoya boʻlib, uning izchillik bilan amalga oshirilishi hech mubolagʻasiz global urush dahshatlari takrorlanishining oldini olishi mumkin edi.

Ammo gʻolib-derjavalar - Buyuk Britaniya va Frantsiya yetakchilik qiladigan Millatlar Ligasi oʻzining samarasizligini namoyon etdi va quruq gap-soʻzlarga gʻarq boʻldi. Sovet Ittifoqining teng huquqli kollektiv xavfsizlik tizimini shakllantirishga doir koʻpsonli chaqiriqlariga Millatlar Ligasida va umuman Yevropa mintaqasida quloq tutishmadi. Xususan, tajovuzlardan pana qila oladigan Sharqiy Yevropa va Tinch okeani paktlarini tuzish chaqirigʻi. Bu singari takliflar rad etildi.

Millatlar Ligasi jahonning turli burchaklaridagi, xususan, Italiyaning Efiopiyaga tajovuzi, Ispaniyadagi fuqarolar urushi, Yaponiyaning Xitoyga qarshi agressiyasi, Avstriya anshlyusi singari mojarolarning oldini ololmadi. Gitler va Mussolinidan tashqari Buyuk Britaniya va Frantsiya yetakchilari ishtirok etgan Myunxen til biriktiruvchi voqeasida esa, Millatlar Ligasining toʻliq maʼqullovi bilan Chexoslovakiyaning boʻlaklanishi yuz berdi. Shu munosabat bilan taʼkidlab oʻtmoqchimanki, Yevropaning oʻsha davrdagi koʻplab rahbarlaridan farqli oʻlaroq Stalin oʻsha vaqtda Gʻarb doiralarida baobroʻ siyosatchi sifatida nom qozongan va Yevropa poytaxtlarida kutilgan mehmon boʻlgan Gitler bilan shaxsan uchrashib, oʻz nomiga dogʻ tushirmadi. Chexoslovakiyani boʻlishda Germaniya bilan bir qatorda Polsha ham harakat qilgan. Ular avval boshdan va birgalikda Chexoslovakiyaning qaysi yerlari kimga tegishini hal etgan.

1938 yilning 20 sentyabrida Polshaning Germaniyadagi elchisi YU.Lipskiy Polsha tashqi ishlar vaziri YU.Bekga Gitlerning quyidagi vaʼdalari haqida xabar qiladi: "…Polshaning Teshindagi manfaatlari yuzasidan Polsha va Chexoslovakiya oʻrtasida mojaro yuz bergudek boʻlsa, Reyx biz (Polsha) tomonga oʻtadi". Natsistlar boshligʻi hatto Polsha harakatlari "nemislar Sudet togʻlarini egallagandan soʻng... roʻy berishi" kerakligi haqida shipshitgan, maslahat bergan.

Polsha  oʻzining tajovuzkorlik rejasi Gitler qoʻllab-quvvatlovisiz magʻlubiyatga yuz tutishini yaxshi tushunardi. Shu yerda Varshavadagi Germaniya elchisi G.A.Moltkening YU.Bek bilan 1938 yilning 1 oktyabrida Polsha - Chexiya munosabatlari va bu masalada SSSR pozitsiyasi toʻgʻrisidagi yozib olingan suhbatidan iqtibos keltiraman. U yerda shunday yozilgan: "…Janob Bek… Myunxen anjumanida Polsha manfaatlarining xolis sharhi, shuningdek, Chexiya mojarosi vaqtidagi samimiy munosabatlar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. [Polsha] Hukumati va jamoatchilik fyurer va reyxskantsler pozitsiyasiga toʻliq hurmat bajo keltiradi".

Chexoslovakiyaning taqsimlanishi shafqatsiz va surbetona edi. Myunxen mintaqada qolgan rasmiy moʻrt kafolatlarni ham buzdi, oʻzaro kelishuvlar sariq chaqachalik ahamiyatga ega emasligini koʻrsatdi. Aynan Myunxen til biriktiruvi Yevropada katta urush muqarrarligiga olib kelgan tepki boʻlib xizmat qildi.

Bugun yevropalik siyosatchilar, birinchi galda polshalik rahbarlar Myunxenni "gapirtirmay qoʻyishni" xohlaydilar. Nega? Oʻshanda ularning davlatlari oʻz majburiyatlariga xoinlik qilib, Myunxen til biriktiruvini qoʻllab-quvvatlashgani, baʼzilari oʻljani boʻlishda ishtirok etishgani uchungina emas, balki oʻsha 1938 yilgi - SSSR Chexoslovakiya yonini olgan dramatik kunlarni yodga olish biroz oʻngʻaysiz boʻlgani uchun.

Sovet Ittifoqi oʻzining xalqaro majburiyatlaridan, shu jumladan, Frantsiya va Chexoslovakiya bilan tuzilgan bitimlardan kelib chiqqan holda, fojianing oldini olishga urinardi. Polsha esa oʻz manfaatlarini koʻzlagan holda, Yevropada kollektiv xavfsizlik tizimi tashkil etilishiga bor kuchi bilan toʻsqinlik qilardi. 1938 yilning 19 sentyabrida Polsha tashqi ishlar vaziri YU.Bek yuqorida nomi tilga olingan elchi YU.Lipskoyga uning Gitler bilan uchrashuvi oldidan: "…Oʻtgan yil davomida Polsha hukumati Chexoslovakiya himoyasiga xalqaro aralashuvga qoʻshilish taklifini toʻrt marotaba rad etdi", deya yozgan.

Britaniya, shuningdek, oʻsha vaqtda chexlar va slovaklarning bosh ittifoqchisi boʻlgan Frantsiya oʻz kafolatlaridan voz kechishni va Sharqiy Yevropa davlatini tor-mor qilishlariga yoʻl qoʻyib berishni afzal koʻrdi. Shunchaki yoʻl qoʻyib berish emas, balki natsistlarning sharqqa boʻlgan intilishlarini shunday yoʻnaltirishdi-ki, bundan maqsad toki Germaniya va Sovet Ittifoqi bir-biri bilan toʻqnashib, bir-birining tinkasini quritsin.

Gʻarbning "tinchlik oʻrnatish" siyosati aynan shundan iborat edi. Nafaqat Uchinchi reyxga nisbatan, balki - fashist Italiyasi va militarist Yaponiya oʻrtasida tuzilgan Antikomintern atalmish paktning boshqa ishtirokchilariga nisbatan ham. Uzoq Sharqda uning kulminatsiyasi 1939 yilning yozida tuzilgan va Tokioga Xitoyda qoʻllar erkinligini bergan ingliz-yapon bitimi boʻldi. Yevropaning yetakchi derjavalari Germaniya va uning ittifoqdoshlaridan butun dunyo uchun qanday halokatli xavf taralayotganini tan olishni istamasdilar, urush ularni chetlab oʻtishiga umid qilishardi.

Myunxen til biriktiruvi Sovet Ittifoqiga Gʻarb davlatlari xavfsizlik masalalarini uning manfaatlarini hisobga olmasdan hal qilishlarini, qulay vaziyatda esa hatto sovetlarga qarshi frontni shakllantirishi mumkinligini koʻrsatdi.

Shu bilan birga, Sovet ittifoqi, takrorlab oʻtaman, Gʻarb davlatlarining munofiqlarcha pozitsiyasiga qaramay, soʻnggi imkoniyatga qadar Gitlerga qarshi koalitsiya tuzish uchun har qanday imkoniyatni qoʻllashga urinardi.

Shu tariqa, sovet rahbariyati razvedka xizmatlari liniyasi boʻyicha 1939 yilning yozida inglizlar va nemislar oʻrtasida sahna ortida boʻlgan aloqalar haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻladi. Eʼtiborlaringizni shunga qaratmoqchiman: bu aloqalar jadal ravishda, xususan, Frantsiya, Buyuk Britaniya va SSSR vakillari bilan uchtomonlama muzokaralar bilan bir vaqtda oʻtkazilardi, oʻz navbatida uch tomonlama muzokaralar gʻarblik sheriklar tomonidan atayin choʻzilardi. Shu munosabat bilan Britaniya arxivlaridagi hujjatni keltirib oʻtaman - bu 1939 yilning avgustida Moskvaga kelgan britaniya harbiy missiyasi instruktsiyasidir. Unda delegatsiya "muzokaralarni juda sekin oʻtkazishi kerakligi", "Birlashgan Qirollik hukumati batafsil qayd etilgan va u yoki bu holatlarda bizning erkinligimizni cheklab qoʻyishi mumkin boʻlgan majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishga tayyor emasligi" haqida ochiq aytilgan. Shuni ham qayd etamanki: inglizlar va frantsuzlardan farqli oʻlaroq sovet delegatsiyasiga "Yevropadagi Angliya, Frantsiya va SSSRga qarshi tajovuzdan harbiy mudofaa tashkillashtirish masalalari boʻyicha harbiy konventsiyani imzolash" uchun barcha vakolatlarga ega Qizil Armiya oliy yetakchilari rahbarlik qilgandilar.

Muzokaralar barbod boʻlishida sovet tomoni oldida hech qanday majburiyatga ega boʻlishni istamagan Polsha rol oʻynadi. Hatto gʻarblik ittifoqdoshlar bosimi ostida ham Polsha rahbariyati Qizil Armiya bilan hamkorlikda vermaxtga qarshi turish uchun hamkorlikdagi harakatlardan bosh tortadi. Faqatgina Ribbentropning Moskvaga uchib kelishi haqida maʼlum boʻlgach, YU.Bek xohlamay, toʻgʻridan-toʻgʻri ham emas, balki frantsuz diplomatlari orqali sovet tomonini: "…Germaniya tajovuziga qarshi hamkorlikdagi harakatlar sodir boʻlgan taqdirda, Polsha va SSSR oʻrtasida, hali aniqlashtirilishi kerak boʻlgan texnik shartlar asosida hamkorlik istisno etilmaydi", deya ogohlantirdi. Bir vaqtning oʻzida u hamkasblarga: "…Men taktikani yengillashtirish maqsadida bu formulirovkaga qarshi emasman va bizning SSSRga qarshi printsipial nuqtai nazarimiz yakuniy va oʻzgarishsiz qoladi", deya tushuntiradi.

Yuzaga kelgan bunday vaziyatda Sovet Ittifoqi Germaniya bilan hujum qilmaslik toʻgʻrisida bitimni imzoladi va buni Yevropa mamlakatlari ichida eng oxirgi boʻlib amalga oshirdi. Bu ikkita frontli urushga duch kelish Germaniya bilan gʻarbda va Yaponiya bilan esa jadal janglar kechayotgan sharqda - Xalxin-Gol daryosi ustida toʻqnashish real xavfi fonida amalga oshirildi.

Stalin va uning atrofidagilar koʻplab haqqoniy ayblovlarga loyiq. Rejimning oʻz xalqiga nisbatan amalga oshirgan jinoyatlari ham, ommaviy repressiyalar dahshatlari ham yodimizda. Takror aytaman, sovet rahbarlari yuziga koʻplab ayblarni solish mumkin, faqat tashqi xavf xarakterini tushunmaslikni emas. Ular Sovet Ittifoqini Germaniya va uning ittifoqdoshlari bilan yakkama-yakka qoʻyishga harakat qilishayotganini koʻrib turar, ushbu real xavfni tushungan holda, mamlakat mudofaasini mustahkamlash uchun qimmatli vaqtdan yutish uchun harakat qilardilar.

Oʻsha vaqtda tuzilgan Hujum qilmaslik haqidagi shartnoma borasida shu bugun, aynan, zamonaviy Rossiya nomiga bildirilayotgan turfa fikrlar va qarshi daʼvolar koʻp. Ha, Rossiya – SSSR vorisidir, sovet davri oʻzining barcha gʻalabalari va fojialari bilan - bizning ming yillik tariximizning ajralmas qismidir. Ammo Sovet Ittifoqi Molotov-Ribbentrop paktiga huquqiy va maʼnaviy deb atalmish baho berganini eslatib oʻtaman. Oliy Kengashning 1989 yil 24 dekabrdagi qarorida "sovet xalqining irodasini aks ettirmagan va sovet xalqi ushbu til biriktiruv uchun javobgar boʻlmagan" "shaxsiy hukmronlik akti" singari maxfiy dalolatnomalar rasman qoralangan.

Shu bilan birga boshqa davlatlar natsistlar va gʻarb siyosatchilari imzolari turgan bitimlar haqida eslamaslikka harakat qiladilar. Bunday hamkorlikka berilishi lozim boʻlgan huquqiy yoki siyosiy baho, shu jumladan, ayrim yevropalik arboblar tomonidan natsistlarning varvarlarga xos rejasiga doir jimgina murosachilik qilganliklari yoki toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllab-quvvatlashgani haqida gapirmasa ham boʻladi. Polshaning Germaniyadagi elchisi YU.Lipskoyning 1938 yilning 20 sentyabrida Gitler bilan qilgan muloqoti chogʻida aytgan jumlasiga eʼtibor bering: "…Yevreylar masalasi borasidagi qarori uchun biz [polyaklar] unga Varshavada ajib haykal oʻrnatamiz".

Biz shuningdek, qator davlatlarning natsistlar bilan tuzgan bitimida allaqanday "maxfiy dalolatnomalar" yoki ilovalar boʻlganmi, bundan bexabarmiz. Faqatgina "aytilgan soʻzlarga ishonish"dan oʻzga chora yoʻq. Xususan, hozirga qadar maxfiy tarzda kechgan ingliz-nemis muzokaralari haqidagi materiallar maxfiylikdan chiqarilmagan. Shu bois biz barcha davlatlarni Rossiya soʻnggi yillarda amalga oshirayotgani kabi - oʻz arxivlarini ochish jarayonini faollashtirishga, urushgacha va urush davridagi ilgari nomaʼlum boʻlgan hujjatlarni ommaga eʼlon qilishga daʼvat qilamiz. Bunda keng hamkorlikka, tarixchi-olimlarning hamkorlikdagi tadqiqotchilik loyihalariga tayyormiz.

Lekin Ikkinchi jahon urushiga bevosita sababchi boʻlgan voqealarga qaytsak. Gitler Chexoslovakiyani tilka-tilka qilgach, navbatdagi hududiy daʼvolarni bildirmasligiga ishonish soddalik boʻlardi. Bu safar daʼvo Chexoslovakiyani boʻlishda yaqindagina ishtirok etgan - Polshaga nisbatan boʻlardi. Bu yerda sabab boʻlib Versal merosi - Dantsig yoʻlagi taqdiri xizmat qildi. Shundan keyin yuz bergan Polsha fojiasi - oʻsha vaqtdagi polsha rahbarlari vijdoniga havola, axir ular ingliz-frantsuz-sovet harbiy ittifoqi tuzilishiga halal berib, gʻarblik sheriklar yordamiga umid qilib, oʻz xalqini Gitlerning yoʻq qilish mashinasi ostiga tashlagandilar.

Nemis bosqini toʻlaligicha blitskrig doktrinasiga mos ravishda rivoj topardi. Polsha armiyasining shafqatsiz, mardonavor qarshilik koʻrsatishiga qaramay, urush boshlanganidan bir hafta oʻtib, 1939 yilning 8 sentyabrida Germaniya qoʻshinlari Varshava ostonasiga yaqinlashib qolgandilar. Polshaning harbiy-siyosiy elitasi esa 17 sentyarga kelib, bosqinchilarga qarshi kurashni davom ettirayotgan xalqiga xoinlik qilgan holda, Ruminiya hududiga qarab qochdi.

Gʻarblik ittifoqdoshlar Polsha umidlarini oqlamadilar. Germaniyaga urush eʼlon qilinganidan soʻng frantsuz qoʻshinlari nemis hududiga bir necha kilometr kirishgagina muvaffaq boʻldilar. Bularning barchasi faol harakatlarni namoyish etishdek koʻrinardi. Ustiga-ustak ilk bor 1939 yilning 12 sentyabrida Frantsiyaning Abvilida yigʻilgan ingliz-frantsuz Oliy harbiy kengashi Polshadagi voqealar keskin tus olayotgani tufayli bosqinni butkul toʻxtatish qarorini qabul qildi. Shubhali "gʻalati urush" boshlandi. Bu Frantsiya va Angliya tomonidan Polsha oldida oʻz majburiyatlariga toʻgʻridan-toʻgʻri xoinlik qilish edi.

Sal keyin, Nyurnberg jarayoni davomida, nemis generallari sharqdagi oʻzlarining tezkor muvaffaqiyatlarini quyidagicha izohlardilar, Germaniya qurolli kuchlari Oliy boshqoʻmondonligi tezkor rahbarlik shtabi sobiq rahbari general A.Yodl shunday deya tan olgandi: "...Agar biz 1939 yilda magʻlubiyatga uchramagan boʻlsak, buning boisi, biz Polsha bilan urushayotgan vaqtda Gʻarbda 23ta Germaniya diviziyalariga qarshi turgan  110ta frantsuz va ingliz diviziyalarining mutlaq harakatsizlikda turganligidir".

Arxivdan 1939 yilning avgust va sentyabridagi dramatik kunlarda SSSR va Germaniya aloqalariga bogʻliq boʻlgan jamiki hujjatlarni koʻtarishlarini soʻradim. Hujjatlar dalillaganidek, Germaniya va SSSR oʻrtasida 1939 yil 23 avgustda tuzilgan Tajovuz qilmaslik toʻgʻrisidagi shartnoma maxfiy protokolining 2-bandiga koʻra, Polsha davlati tarkibiga kiruvchi hududlar territorial va siyosiy jihatdan qayta tashkil etilgan taqdirda, ikki mamlakatning manfaatlar doiralari chegarasi taxminan

"Nareva, Visla va Sana daryolari liniyalarida oʻtishi kerak"ligi belgilangandi.

Boshqacha qilib aytganda, Sovet taʼsir doirasiga nafaqat Ukraina va Belarus aholisi yashagan hududlar, balki Bug va Visla daryolari orasidagi tarixiy Polsha yerlari ham kirgan edi. Hozirda bu fakt toʻgʻrisida hamma ham bilmaydi.

Xuddi, 1939 yil sentyabr oyining ilk kunlarida Polshaga qilingan hujumdan soʻng darhol Berlin Moskvani astoydil harbiy harakatlarga qoʻshilishga bir necha bor chorlagani singari. Ammo sovet rahbariyati bu turdagi chaqiriqlarni rad etar va soʻnggi imkoniyatga qadar bu singari darmatik rivoj topayotgan hodisalarga aralashmaslikka harakat qilardi.

Faqat Buyuk Britaniya va Frantsiya oʻz ittifoqdoshiga yordam berishga intilmayotgani, vermaxt esa butun boshli Polshani qisqa fursatda okkupatsiya qilib, deyarli Minsk ostonasiga yaqinlashib qolishga qodirligi ayon boʻlgach, 17 sentyabr kuni ertalab Qizil Armiya qoʻshinlari birlashmasini sharqiy kres boʻylab olib chiqish qarori qabul qilingan edi - hozirda bu Belarus, Ukraina va Litva hududlarining bir qismidir.

Boshqa variantlar qolmagani ayon edi. Aks holda SSSR uchun xatarlar koʻplab marotaba ortib ketardi, eski sovet-polsha chegarasi Minskdan bir necha oʻn kilometr yaqinda oʻtgan va natsistlar bilan boʻladigan muqarrar urush mamlakat uchun oʻta noqulay strategik pozitsiyalardan boshlanardi. Turli millatga mansub millionlab odamlar esa, shu jumladan, Brest va Grodno, Peremыshl, Lvov va Vilno yaqinida yashovchi yahudiylar ham, natsistlar va ularning mahalliy yugurdaklari - antisemit va radikal-millatchilar qoʻliga yoʻq qilinishga tashlangan boʻlardi.

Sovet Ittifoqi soʻnggi imkoniyatga qadar alangalanayotgan mojaroda qatnashmaslikka harakat qilgani va Germaniya tomonida oʻynashni istamagani sovet va nemis qoʻshinlarining real uchrashuvi maxfiy protokolda koʻrsatilgan chegaralardan ancha sharqroqda roʻy berishiga olib keldi.

Visla boʻylab emas, balki 1919 yilda Antanta tomonidan Polshaning sharqiy chegarasi sifatida tavsiya etilgan Kerzon liniyasi deb atalmish hududda. 

Maʼlumki, roʻy bergan hodisalarga bugun real hayotda roʻy berishi mumkin boʻlmagandek taʼrif berish qiyin. Shuni aytishim mumkinki, 1939 yilning sentyabrida sovet rahbariyati SSSR gʻarbiy chegaralarini gʻarbga tomon, Varshavaga qadar surish imkoniyatiga ega boʻldi, ammo buni amalga oshirmaslik qarorini qabul qildi.

Nemislar yangi "urushgacha boʻlgan maqomni" qayd etishni taklif etdilar. 1939 yilning 28 sentyabrida Moskvada I.Ribbentrop va V.Molotov Doʻstlik va SSSR va Germaniya oʻrtasidagi chegara  toʻgʻrisida shartnomani, shuningdek, davlat chegarasini oʻzgartirish haqidagi maxfiy dalolatnomani imzoladilar, unga koʻra ikki armiya turgan demarkatsiya chizigʻi tan olinardi.

1939 yilning kuzida oʻzining harbiy-strategik, mudofaa masalalarini hal eta turib, Sovet ittifoqi Latviya, Litva va Estoniya inkorporatsiyasi jarayonini boshladi. Ularning SSSRga kirishi kelishuv asosida, satslangan hukumat roziligi bilan amalga oshirilgandi. Bu oʻsha vaqtdagi xalqaro huquq normalariga mos edi. Bundan tashqari, 1939 yilning oktyabrida Litvaga ilgariroq Polsha tarkibiga kirgan Vilno shahri va uning yaqinidagi hududlar qaytarilgan edi. Boltiqboʻyi respublikalari SSSR tarkibida oʻz hukumat organlarini, tilini saqlab qolgan va sovet oliy davlat tuzilmalarida oʻz vakolatxonalariga ega edilar.

Shu oylar davomida begona koʻzlar ilgʻamaydigan diplomatik va harbiy-siyosiy kurash, razvedka ishlari toʻxtamadi. Moskva oʻz oldida murosasiz va shafqatsiz dushman turganini, natsizmga qarshi koʻrinmas urush allaqachon boshlab yuborilganini tushunardi.

Rasmiy bayonotlarni, oʻsha yillardagi rasmiy bayonnomalarni va formal protokol notalarini SSSR va Germaniya oʻrtasidagi "doʻstlik" isboti sifatida qabul qilish uchun hech qanday sabab yoʻq. SSSR nafaqat Germaniya, balki boshqa davlatlar bilan ham faol savdo va texnik aloqalarga ega edi. 

Shu bilan birga, Gitler SSSRni vaqti-vaqti bilan Buyuk Britaniyaga qarshi ziddiyatlarga tortishga bir necha bor urinib koʻrdi, ammo sovet rahbariyati bu undashlarga koʻnmadi.

Gitler Sovet Ittifoqini hamkorlikdagi harakatlarga soʻnggi bor 1940 yil noyabr oyida Molotovning Berlinga qilgan tashrifi davomida koʻndirishga urinib koʻrdi.

Ammo Molotov Stalinning koʻrsatmalarini aniq bajarib, nemislarning SSSRning 1940 yil sentyabr oyida imzolangan va Buyuk Britaniya va AQShga qarshi qaratilgan Uchlar pakti - Germaniya, Italiya va Yaponiya ittifoqiga qoʻshilishi gʻoyasi haqidagi umumiy suhbatlar bilan cheklandi.

17 sentyabr kuni Molotov Londonda sovetlarning doimiy vakili boʻlgan I.Mayskiyni quyidagi turzda intruktaj qilgani bejizdan emas: "Yoʻriqnomangiz uchun... Berlinda hech qanday bitim imzolanmagan va buni amalga oshirish koʻzlanmagan. Berlindagi ish faqat ... fikr almashish bilan cheklangan edi... Nemislar va yaponlar koʻrinib turibdiki, bizni Fors koʻrfazi va Hindiston tomon itarib yuborishni juda istashadi. Biz bu masala muhokamasini rad etdik, chunki Germaniya tomonidan beriladigan bu kabi maslahatlarni nooʻrin deb bilamiz".

Sostoyalas vstrecha uchastnikov Vtoroy mirovoy i afganskoy voynы.
Foto: press-slujba obʼyedineniya VETERAN.

25 noyabr kuni esa Sovet Ittifoqi rahbariyati bunga bir yoʻla nuqta qoʻydi: Berlinga natsistlar hech qachon rozi boʻlmaydigan shartlarni rasman ilgari surdi, jumladan, Germaniya qoʻshinlarining Finlyandiyadan chiqarilishi, SSSR va Bolgariya oʻrtasida oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi kelishuv va qator boshqa masalalarni hamda bu bilan oʻzi uchun Paktga qoʻshilishning har qanday ehtimolini istisno qildi.

Bu pozitsiya fyurerda SSSRga qarshi urush boshlash niyatini uzil-kesil kuchaytirdi. Va dekabr oyida oʻz strateglarining ikki frontda urush qilishning ulkan xavfi borasidagi barcha ogohlantirishlarini chetga surgan holda, Gitler "Barbarossa" rejasini tasdiqladi. U bu ishni aynan Sovet Ittifoqi Yevropada unga qarshi turadigan asosiy kuch ekanligini va sharqda yuz beradigan toʻqnashuv jahon urushi natijalarini hal qilishini anglagan holda amalga oshirdi. Moskvaga yurishi qisqa muddatli va muvaffaqiyatli boʻlishiga esa u aniq amin edi.

Alohida taʼkidlamoqchi boʻlganim, Gʻarb mamlakatlari oʻshanda Sovet harakatlariga deyarli rozi boʻlgan, Sovet Ittifoqining oʻz xavfsizligini taʼminlash istagini tan olgan edilar. Shunday qilib, 1939 yil 1 oktyabrida oʻsha vaqtdagi Britaniya Admiralteystvasi rahbari U.Cherchill radioda chiqishi vaqtida shunday dedi: "Rossiya oʻz manfaatlariga doir sovuq siyosatni yuritmoqda... Rossiyani fashistlar xavfidan himoya qilish uchun rus armiyalari bu chiziqda [yangi gʻarbiy chegarada] turishlari zarur edi". 1939 yilning 4 oktyabrida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri E.Galifaks Lordlar palatasida shunday deya bayonot qiladi: "…shuni eslatib oʻtish joizki, sovet hukumatining harakatlari chegarani Versal anjumanida lord Kerzon tomonidan tavsiya etilgan chiziqqacha koʻchirishdan iborat edi... Men faqat tarixiy dalillarni keltirmoqdaman va ularni inkor etib boʻlmaydi degan fikrdaman".

Taniqli britaniyalik siyosatchi va davlat arbobi D.Lloyd Jorj taʼkidlaganidek: "Rossiya qoʻshinlari Polshaga tegishli boʻlmagan va Polsha tomonidan Birinchi jahon urushidan keyin bosib olingan hududlarni egallab olishdi... Rossiyaning olgʻa siljishini nemislar taraqqiyoti bilan tenglashtirish jinoiy telbalik akti boʻlur edi".

Sovet Ittifoqining muxtor vakili I. Mayskiy bilan norasmiy suhbatlarda inglizlarning yuqori martabali siyosatchilari va diplomatlari ancha ochiq soʻzlashardilar.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari R.Batler 1939 yil 17 oktyabrda shunday degan edi: "...Britaniya hukumati doiralarida Polshaga Gʻarbiy Ukraina va Belorussiyani qaytarish masalasi boʻlishi mumkin emas", deya hisoblaydilar. 

Agar biz nafaqat SSSR va Germaniya, balki Angliya va Frantsiyaning kafolati bilan kamtarona hajmdagi etnografik Polshani yarata olsak, u holda Britaniya hukumati oʻzini toʻliq rozi qilingan deb bilardi".

1939 yil 27 oktyabrida N. Chamberlenning bosh maslahatchisi G. Uilson shunday dedi: "Polsha ... oʻz etnografik bazasida mustaqil davlat sifatida tiklanishi kerak, ammo Gʻarbiy Ukraina va Belorussiyasiz".

Shuni qayd etish joizki, ushbu suhbatlar davomida sovet-britan munosabatlari yaxshilanishi uchun koʻproq maʼlumotga ega boʻlishga harakat qilinar edi. Bu aloqalar boʻlajak ittifoqdoshlik va Gitlerga qarshi koalitsiya uchun asos yaratdi.

Masʼuliyatli va uzoqni koʻra bila oladigan siyosatchilar orasida U.Cherchill ajralib turar, u SSSRga nisbatan hech kimga sir boʻlmagan antipatiyasiga qaramay, bundan oldin ham u bilan hamkorlik qilish tarafdori ekanligini bildirgan edi. 1939 yilning may oyida u jamoatchilik palatasida: "Agar biz tajovuzga qarshi buyuk ittifoq tuza olmasak, biz ajal xavfi ostida qolamiz. Agar Sovet Rossiyasi bilan tabiiy hamkorlikni rad qilsak, bu eng buyuk telbalik boʻlar edi", - deya taʼkidlagandi.

Yevropada harbiy harakatlar boshlangach - 1939 yil 6 oktyabrida I.Mayskiy bilan uchrashuvda u ishonch bilan: "...Buyuk Britaniya va SSSR oʻrtasida jiddiy qarama-qarshiliklar mavjud emas, demak-ki, keskin va qoniqarsiz munosabatlar uchun asoslar yoʻq. Britaniya hukumati... savdo aloqalarini rivojlantirishni istaydi. U oʻzaro munosabatlarning yaxshilanishiga asos boʻladigan boshqa choralarni ham muhokama qilishga tayyor boʻlardi", deydi.

Ikkinchi jahon urushi bir kechada, kutilmaganda, favqulodda boshlangan emas. Germaniyaning Polshaga qarshi agressiyasi kutilmagan emas. U – oʻsha davrdagi jahon siyosatining koʻplab tendentsiyalari va omillari natijasidir. Urushgacha boʻlgan hodisalar bitta mashʼum zanjirga ulandilar. Ammo, shubhasizki, insoniyat tarixida buyuk fojiani belgilab bergan asosiy narsa - bu davlat xudbinligi, qoʻrqoqlik, tobora kuch olayotgan agressorga erk berish, siyosiy elitalarning oʻzaro kelishuvlarga bora olishga tayyor emasligi edi.

Shunday ekan, natsistlar tashqi ishlar vaziri Ribbentropning Moskvaga amalga oshirgan ikki kunlik tashrifi - Ikkinchi jahon urushini boshlagan asosiy sabab ekanligini taʼkidlash adolatdan emas. Barcha yetakchi davlatlar u yoki bu darajada uning boshlanishi uchun aybdor. Har biri tuzatib boʻlmas xatoliklarga yoʻl qoʻygan, oʻzboshimchalik bilan boshqalarni aldab ketish mumkinligiga ishongan, bu bilan oʻziga bir tomonlama afzalliklar taʼminlashga yoki jahon miqyosida yopirilib kelayotgan falokatdan chetda qolishga umid qilgan. Va shunday uzoqni koʻra bilmaslik, kollektiv xavfsizlik tizimini yaratishdan bosh tortilganlik uchun millionlab hayotlar bilan toʻlov qilindi, ulkan yoʻqotishlarga duch kelindi.

Men bu haqda yozar ekanman, sudya roliga daʼvo qilish, kimnidir ayblash yoki uni oqlash uchun va hattoki davlatlar va xalqlarni oʻzaro toʻqnashtirishi mumkin boʻlgan tarixiy maydonda xalqaro axborot qarama-qarshiligining yangi bosqichini boshlash niyatim yoʻq.

Fikrimcha, yuz bergan voqealarga muvozanatli baho berish yoʻllarini qidirish bilan turli davlatlardagi nufuzli olimlarga ega akademik ilm-fan shugʻullanmogʻi kerak. Bizlarning barchamizga haqiqat va xolislik kerak. Oʻz navbatida, men hamkasblarimni hotirjam, ochiq va ishonchga asoslangan muloqotga, umumiy oʻtmishga nisbatan tanqidiy va xolis qarashga chaqiraman. Bunday yondashuv bizga oʻsha vaqtda yoʻl qoʻyilgan xatolarni takrorlamaslikka va uzoq yillarga tinchlik va farovon taraqqiyotni taʼminlashga imkon beradi.

Ammo koʻplab sheriklarimiz hozircha hamkorlikdagi ishga tayyor emaslar. Aksincha, oʻz maqsadlarini koʻzlar ekan, ular bizning davlatimizga nisbatan axborot xurujlari soni va koʻlamini tobora oshirmoqda, bizning uzr soʻrashimizni, oʻzimizni aybdor his qilishimizni xohlashmoqda, ich-ichigacha siyosiylashgan riyokorona deklaratsiyalarni qabul qilishmoqda.

Misol uchun, Yevropa Parlamenti tomonidan 2019 yil 19 sentyabrida maʼqullangan "Yevropa kelajagi uchun tarixiy xotirani saqlash ahamiyati toʻgʻrisida"gi rezolyutsiya SSSRni - fashistlar Germaniyasi bilan bir qatorda - ochiqchasiga Ikkinchi jahon urushini boshlaganlikda aybladi. Tabiiyki, u yerda Myunxen haqida hech narsa aytilmagan.

Bunday "qogʻozlar", men ushbu rezolyutsiyani hujjat deb atay olmayman, chunki janjal chiqarishga qaratilgan bu qogʻozlar oʻzida real tahdidni aks ettiradi. Axir uni oʻta obroʻli organ qabul qilgan. U nimani namoyon etdi? Qanchalik taassufli boʻlmasin - urushdan keyingi dunyo tartibotini yoʻq qilishga qaratilgan qasddan qilingan siyosatni, aslida bu tartibotni yaratish bugungi kunda ushbu soxta deklaratsiya uchun ovoz bergan davlatlarning qator vakillari uchun or-nomus va majburiyat edi.

Shu tariqa, ular, Nyurnberg tribunali xulosalariga, xalqaro hamjamiyat urinishlariga, gʻalabali 1945 yildan keyin tashkil etilgan universal xalqaro institutlarga qoʻl koʻtardilar. Ushbu munosabat bilan eslatib oʻtmoqchimanki, tegishli tuzilmalarni, jumladan, Yevropa parlamentini vujudga keltirgan Yevropa integratsiyasi jarayoni oʻtmishdan chiqarilgan xulosalar, unga berilgan huquqiy va siyosiy baholar tufayli amalga oshgan edi.

Ushbu konsensusni ongli ravishda shubha ostiga qoʻyayotganlar urushdan keyingi Yevropaning barcha asoslarini barbod qilmoqdalar.

Jahon tartibotining asosiy printsiplariga tahdiddan tashqari, buning maʼnaviy va axloqiy tomoni ham mavjud. Xotira ustidan kulish, masxara qilish - bu pastkashlik. Pastkashlik qasddan, riyokorona va toʻliq ongli boʻlishi mumkin, qachonki Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 75 yilligi munosabati bilan eʼlon qilingan bayonotlarda SSSRdan tashqari barcha antifashizm koalitsiyasi ishtirokchilari sanab oʻtilganda.

Pastkashlik qoʻrqoqlarcha boʻlishi mumkin, qachonki natsizmga qarshi kurashchilar sharafiga bunyod etilgan yodgorliklar goʻyoki istalmagan mafkura va goʻyoki okkupatsiya toʻgʻrisidagi yolgʻon shiorlar bilan oʻzini oqlashga urinib, buzib tashlanganda.

Pastkashlik qonli boʻlishi mumkin, qachonki neonatsistlar va banderachilar vorislariga qarshi chiqqanlar oʻldirilsa va yoqib yuborilsa. Takrorlayman, pastkashlik oʻzini turlicha namoyon etadi, ammo bu bilan u oʻzining jirkanchligini yoʻqotmaydi.

Tarix saboqlarini unutish ogʻir toʻlovlarga olib kelishi muqarrar. Biz hujjatlashtirilgan tarixiy dalillarga asoslangan haqiqatni qatʼiy himoya qilamiz, Ikkinchi jahon urushi voqealari toʻgʻrisida haqqoniy va xolisona gapirishda davom etamiz.

Rossiyadagi Ikkinchi jahon urushi, urushdan oldingi davr tarixiga oid eng katta arxiv hujjatlari, kino va foto materiallar kollektsiyasini yaratish boʻyicha keng koʻlamli loyiha shu maqsadga qaratilgan. Bunday ish boshlab yuborilgan. Koʻplab yangi, yaqinda topilgan, maxfiylikdan chiqarilgan materiallardan shu maqolani tayyorlashda foydalandim.

Va shu munosabat bilan masʼuliyat bilan aytishim mumkinki, SSSRning Germaniyaga qarshi preventiv urushni boshlash niyatini tasdiqlovchi arxiv hujjatlari mavjud emas.

Ha, sovet harbiy rahbariyati, agressiya yuz bergan taqdirda Qizil Armiya dushmanga qarshi zarba berishi, xujumga oʻtishi va dushman hududida urush olib borishi toʻgʻrisidagi doktrina tarafdori edi. Ammo bu singari strategik rejalar Germaniyaga birinchi boʻlib tajovuz qilishni anglatmas edi.

Albatta, bugun tarixchilar ixtiyorida harbiy planlashtirish, sovet va nemis shtablari direktivalari bor. Va nihoyat, biz voqealar aslida qanday rivojlangani haqida maʼlumotga egamiz. Ushbu bilim choʻqqisidan turib koʻplar mamlakat harbiy-siyosiy rahbariyatining harakatlari, xatoliklari, yangishganliklari haqida fikr yuritadilar. Shu munosabat bilan bir narsani aytaman: turfa dezinformatsiyaning ulkan oqimi bilan bir qatorda sovet yetakchilari natsistlar tomonidan tayyorlanayotgan tajovvuzkorlik haqidagi real maʼlumotlarni ham olganlar. Va urush oldingi oylarda mamlakat jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan qadamlarni qabul qildilar, shu jumladan, harbiy xizmat yoshidagilarning yashirin chaqirilishi, birlashmalar va ichki harbiy okruglarning gʻarbiy chegaralar sari qayta dislokatsiyasi.

Urush favqulodda sodir boʻlmagan, uni kutishgan, unga tayyorgarlik koʻrishgan. Ammo natsistlar zarbasi oʻzining vayron qiluvchi qudrati jihatdan haqiqatda tarixda misli koʻrilmagan boʻldi. 1941 yilning 22 iyunida Sovet Ittifoqi eng kuchli, mobilizatsiya qilingan va dunyoning eng oʻrgatilgan, deyarli butun boshli Yevropaning jamiki sanoat, harbiy, iqtisodiy salohiyati u uchun ishlagan armiyasi bilan toʻqnashdi. Ushbu halokatli bosqinda nafaqat vermaxt, balki Germaniya satellitlari, yevropa mintaqasi davlatlarining koʻplab harbiy kontingetlari ishtirok etdilar.

1941 yilgi ogʻir harbiy magʻlubiyatlar mamlakatni falokat jari yoqasiga olib keldi. Jangovar qudrat, boshqaruvchanlikni favqulodda metodlar, umummobilizatsiya, davlat va xalqning barcha kuchlarini zoʻr berib kuchaytirish yordamida qayta tiklashga toʻgʻri keldi.

1941 yilning yozida dushman oʻqlari ostida millionlab fuqarolar, yuzlab zavodlar va ishlab chiqarishlarning sharqqa evakuatsiyasi boshlandi. Qisqa muddatlarda front ortida qurol va boyepripaslar ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi, ular birinchi harbiy qishdayoq frontga yetkazilib berila boshladi, 1943 yilga kelib Germaniya va uning ittifoqdoshlari harbiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlaridan oʻzishga muvaffaq boʻlindi.

Bir yarim yil ichida sovet kishilari front va uning ortida ilojsiz tuyulgan yutuqlarni amalga oshirdilar.

Va hozirga qadar ushbu buyuk yutuqlar misli koʻrilmagan harakatlar, jasorat va fidoyilikni talab etginligini tushunish, tasavvur etish juda qiyin.

Oʻta qudratli, tishigacha qurollagan tajovuzkor, sovuqqon natsistlar mashinasiga qarshi Sovet jamiyatining oʻz ona yerini himoya qilish, oʻz tinch hayotini, reja va umidlarini toptab tashlagan dushmandan oʻch olish istagida birlashgan ulkan kuchi bosh koʻtardi.

Albatta, bu dahshatli, qonli urush paytida baʼzi odamlar qoʻrquv, sarosima va umidsizlikka duchor boʻlishdi. Xoinlik va dezertirlikka ham oʻrin boʻlgan. Inqilob va fuqarolik urushi, nigilizm, bolsheviklar ayniqsa, hokimiyat tepasiga kelgan dastlabki yillarda majburan singdirishga uringan milliy tarixga, urf-odatlarga, eʼtiqodga nisbatan masxaraomuz munosabat tufayli vujudga kelgan shafqatsiz sinishlar boʻyin koʻrsatardi.

Ammo chet davlatda boʻlib qolgan sovet fuqarolari va bizning vatandoshlarimizning umumiy intilishi boshqa edi - Vatanni himoya qilish, qutqarish. Bu chinakam, jilovlab boʻlmas intilish edi. Odamlar asl vatanparvarlik qadriyatlarida suyanch izlardilar.

Natsistlar "strateglari" ulkan koʻpmillatli davlatni boʻysundirish oson kechishiga amin edilar. Kutilmaganda boshlangan urush, uning shafqatsizligi va chidab boʻlmas uqubatlari millatlararo munosabatlarni ziddiylashtirishiga, mamlakatni boʻlaklarga ajratish mumkin boʻlishiga umid qilardilar. Gitler: "Rossiyaning keng hududlarida istiqomat qiladigan xalqlarga nisbatan bizning siyosatimiz har qanday kelishmovchilik va boʻlinishni ragʻbatlantirishdan iborat boʻlishi kerak", deya ochiq aytardi.

Ammo birinchi kunlardan boshlab fashistlarning bu rejasi barbod boʻlgani maʼlum boʻldi. Brest qalʼasini soʻnggi qoni toʻkilguniga qadar oʻttizdan ortiq millatga mansub jangchilar himoya qildilar. Urush davomida - hal qiluvchi yirik janglarda ham har bir platsdarm, ona yerning har bir qarichi himoyasida ham biz shunday birlik namunalarini koʻramiz.

Evakuatsiya qilingan millionlar uchun Volga viloyati va Ural, Sibir va Uzoq Sharq, Oʻrta Osiyo va Kavkaz orti respublikalari jonajon uyga aylandi. Ularning aholisi oxirgi narsasi bilan boʻlishdi, qoʻllaridan kelganicha yordam berishdi. Xalqlar doʻstligi, ularning oʻzaro yordami dushman uchun haqiqiy buzilmas qalʼaga aylandi.

Natsizm tor-mor etilishiga - hozir nimani isbotlashga urinishlaridan qatʼiy nazar - asosiy va hal qiluvchi hissa qoʻshganlar bu - Sovet Ittifoqi, Qizil Armiya edi. Qurshov ichida Belostok va Mogilev, Uman va Kiyev, Vyazma va Xarkovda oxirigacha kurash olib borgan qahramonlar edi. Ular Moskva va Stalingrad, Sevastopol va Odessa, Kursk va Smolensk shaharlari yaqinida hujumga oʻtardi. Varshava, Belgrad, Vena va Pragani ozod qilishardi. Kyonigsberg va Berlinni shturm bilan olardi.

Biz urush haqidagi silliqlangan yoki sayqal berilgan emas, balki asl haqiqatni himoya qilmoqdamiz. Bu xalqona, insoniy qoʻpol, achchiq va shafqatsiz haqiqat bizga, asosan, frontning doʻzaxiy olovi va sinovlaridan oʻtgan yozuvchi va shoirlar tomonidan yetkazilgan.

Mening tengdoshlarim va boshqa avlodlar uchun ularning halol, sermaʼno hikoyalari, romanlari, dilni titratuvchi "leytenant nasri" va sheʼrlari qalbda abadiy iz qoldirgan, gʻalaba uchun qoʻlidan kelganini amalga oshirgan veteranlarni ardoqlash, jang maydonlarida qolib ketganlarni yodda tutish haqida oʻziga xos vasiyatga aylangan.

Va bugungi kunda Aleksandr Tvardovskiyning Ulugʻ Vatan urushining Sovet-Germaniya fronti markaziy qismidagi qonli, shafqatsiz jangi ishtirokchilariga bagʻishlangan "Men Rjev ostida oʻldirildim..." sheʼrining oʻziga xos sodda va buyuk satrlari qalbni larzaga soladi.

1941 yil oktyabridan 1943 yil martgacha Rjev shahri va Rjev doʻngligi uchun olib borilgan janglarning oʻzida Qizil Armiya 1 million 342 ming 888 kishini yoʻqotdi, yaradorlar va bedarak yoʻqolganlar shular jumlasidan. Urushdan keyingi yillarda turli sabablarga koʻra nohaq yoki adolatsiz ravishda kam gapirilgan yoki umuman sukut saqlagan mashhur va nomsiz qahramonlarning jasoratiga hurmat bajo keltirgan holda, men arxiv manbalarida toʻplangan dahshatli va hali toʻliq boʻlmagan raqamlarni ilk marta keltirmoqdaman.

Yana bir hujjatni misol keltiraman. Bu  1945 yil fevral oyida tayyorlangan I.Mayski boshchiligidagi Germaniyaning reparatsiyalar boʻyicha Xalqaro komissiyasi hisobotidir.

Komissiyaning vazifasiga magʻlubiyatga uchragan Germaniya gʻolib-derjavalarga yetkazilgan zararni qoplash formulasini aniqlash kirardi. 

Komissiya quyidagi xulosaga keldi: "Germaniya tomonidan Sovet Ittifoqi frontida oʻtkazgan askar-kunlar soni boshqa ittifoqdosh frontlar sonidan kamida 10 baravar koʻp. Sovet fronti shuningdek, nemis tanklarining beshdan toʻrt qismini va Germaniya samolyotlarining uchdan ikki qismini kechiktirdi". Umuman olganda, Gitlerga qarshi koalitsiyaning barcha harbiy harakatlarining 75 foizi SSSR hissasiga toʻgʻri keldi. Urush yillarida Qizil Armiya "oʻq" mamlakatlarining 626 ta diviziyasini, shundan 508 tasi nemislarniki edi, "yakson qildi".

1942 yilning 28 aprelida Ruzvelt Amerika millatiga murojaatida shunday dedi: "Rossiya qoʻshinlari boshqa jamiki birlashgan millatlardan koʻra bizning umumiy dushmanimizning jonli kuchlari, samolyotlari, tanklari va qurollarini koʻproq yoʻq qildilar va yoʻq qilmoqdalar".

Cherchill 1944 yil 27 sentyabr kuni Stalinga yoʻllagan maktubida "aynan rus armiyasi nemis harbiy mashinasi ichaklarni chiqarib tashladi", - deya yozgan.

Uzbekskiy rejisser Zulfikar Musakov
© Foto : Iz lichnogo arxiva Zulfikara Musakova

Ushbu baho butun dunyoda oʻz aksini topdi. Chunki bu soʻzlarda - oʻsha, hech kim gumon ostiga olmagan buyuk haqiqat mujassam edi. 27 millionga yaqin sovet fuqarolari frontlarda, nemis asirligida, ochlik va bombardimonlar oqibatida, gettolarda va natsist lagerlaridagi ajal pechlarida halok boʻldilar. SSSR har yettinchi fuqarosini yoʻqotdi, Buyuk Britaniya – 127 nafardan bittasini, AQSH esa 320 nafardan birini. Afsuski, Sovet Ittifoqining eng ogʻir, toʻldirib boʻlmas yoʻqotishlari aks etgan bu raqamlar batamom emas. Barcha halok boʻlganlar: jazolovchilar tomonidan yoʻq qilingan Qizil Armiya jangchilari, partizanlar, podpolchi, kontslager harbiy asirlari, tinch aholi  ismi va taqdirini qayta tiklash boʻyicha mashaqqatli ishlarni davom ettirish lozim. Bu bizning burchimiz. Bunda arxiv hujjatlariga asoslangan "Xalq xotirasi" elektron maʼlumotlar bazasi kabi qidiruv harakatining ishtirokchilari, harbiy-vatanparvar va koʻngilli birlashmalarning alohida oʻrni bor.

Tabiiyki, bunday umumgumanitar muammoni hal qilishda yaqin xalqaro hamkorlik zarur. Umumiy dushmanga qarshi kurashgan barcha mamlakatlar va xalqlar harakatlari tufayli gʻalabaga erishilgan. Britaniya armiyasi oʻz vatanini bosqinchilikdan himoya qildi, natsistlar va ularning satellitlari bilan Oʻrta yer dengizida, Shimoliy Afrikada jang qildi.

Amerika va Britaniya qoʻshinlari Italiyani ozod qildilar, Ikkinchi frontni ochdilar. AQSH agressorga Tinch okeanida kuchli, qaqshatkich zarba berdi. Xitoy xalqining ulkan qurbonliklari va uning yapon militaristlarini tor-mor qilishdagi ulkan rolini xotirlaymiz. Sharmandali kapitulyatsiyani tan olmagan va natsistlarga qarshi kurashni davom ettirgan "Kurashayotgan Frantsiya" jangchilarini unutmaymiz.

Biz shuningdek, Qizil Armiyani boyepripaslar, xom-ashyo, oziq-ovqat, texnika bilan taʼminlagan ittifoqdoshlar tomonidan koʻrsatilgan yordam uchun hamisha minnatdor boʻlamiz. Bu salmoqli yordam edi - Sovet Ittifoqi harbiy ishlab-chiqarishi umumiy hajmining yetti foizga yaqinini tashkil etardi.

Gitlerga qarshi koalitsiyaning yadrosi Sovet Ittifoqiga qilingan hujumdan soʻng, AQSH va Buyuk Britaniya uni fashistlar Germaniyasiga qarshi kurashda shartsiz qoʻllab-quvvatlaganidan keyin darhol shakllana boshlagan edi.

1943 yildagi Tehron konferentsiyasida Stalin, Ruzvelt va Cherchill buyuk derjavalar alyansini shakllantirdilar, koalitsiya diplomatiyasini ishlab chiqish, umumiy halokatli tahdidga qarshi kurashda birgalikda strategiya ishlab chiqishga kelishdilar.

Katta uchlik rahbarlari SSSR, AQSH, Buyuk Britaniyaning sanoat, resurs va harbiy salohiyatini birlashtirish dushmanga nisbatan shubhasiz ustunlikni yaratishi haqida aniq tushunchaga ega edilar.

Sovet Ittifoqi oʻz ittifoqdoshlari oldidagi majburiyatlarini toʻlaqonli bajargan, hamisha yordam qoʻlini choʻzgan.

Xususan, Belarusdagi keng koʻlamli "Bagration" operatsiyasi yordamida Qizil Armiya ingliz-amerika desantining Normandiyaga qoʻnishini qoʻllab-quvvatladi. 1945 yilning yanvarida Oderga yorib kirib, bizning jangchilarimiz vermaxtning Ardennada Gʻarbiy frontga katta kuch bilan uyushtirgan xujumiga nuqta qoʻygan edilar.

Germaniya ustidan gʻalaba qozonganidan uch oy oʻtgach, SSSR Yalta bitimlariga muvofiq ravishda Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildi va millionli Kvantung armiyasini magʻlub etdi.

1941 yil iyul oyida Sovet Ittifoqi rahbariyati "fashist bosqinchilariga qarshi urushning maqsadi nafaqat mamlakatimiz ustiga yopirilayotgan xavfni yoʻq qilish, balki nemis fashizmi zulmi ostida ingrab turgan barcha Yevropa xalqlariga yordam berish" ekanligi toʻgʻrisida bayonot qilgan edi.

1944 yilning oʻrtasiga kelib dushman butun boshli sovet hududidan deyarli quvib chiqarildi. Ammo uni oʻz inida oxirigacha bir yoqlik qilish lozim edi. Va Qizil Armiya Yevropada ozodlik missiyasini boshladi, butun boshli xalqlarni yoʻq qilinish, qullik va Xolokost dahshatlaridan qutqardi, u qutqarish ishlarini yuz minglab sovet askarlari hayoti evaziga amalg oshirdi.

Shuningdek, SSSR ozod boʻlgan mamlakatlarga ochlik xavfini bartaraf etishda, iqtisodiyot va infratuzilmani tiklashda koʻrsatgan ulkan moddiy yordamni unutmaslik kerak. U buni Brestdan Moskva va Volgaga qadar minglab kilometrga choʻzilgan vayronalar sharoitida amalga oshirdi.

Shunday qilib, masalan, 1945 yil may oyida Avstriya hukumati SSSRga oziq-ovqat masalasida yordam qilishni soʻrab murojaat qildi, chunki "yangi hosilga qadar kelgusi yetti hafta davomida oʻz aholisini qanday qilib boqishni bilmasdi". Avstriya Respublikasi Muvaqqat hukumati davlat kantsleri K. Renner Sovet rahbariyatining oziq-ovqat yuborishga roziligini "avstriyaliklar hech qachon unutmaydigan" "xaloskorlik akti..." deya taʼrifladi.

Ittifoqchilar hamkorlikda natsistlar siyosiy va harbiy jinoyatchilarini jazolash uchun moʻljallangan Xalqaro harbiy tribunalni tuzdilar. Uning qarorlarida insoniyatga qarshi amalga oshirilgan genotsid, etnik va diniy tozalash, antisemitizm va ksenofobiya kabi jinoyatlarga aniq huquqiy kvalifikatsiya berilgan. Nyurnberg sudi toʻgʻridan-toʻgʻri va shubhaga oʻrin qoldirmaydigan bir tarzda natsistlar va ularning hamtovoqlari, turli guruhga mansub kollaboratsionist ustidan hukm oʻqidi.

Ushbu sharmandali holat Yevropaning barcha davlatlarida sodir boʻldi. Peten, Kisling, Vlasov, Bandera kabi "arboblar", ularning malaylari va izdoshlari, garchi milliy mustaqillik yoki kommunizmdan ozodlik kurashchilari liboslariga burkangan boʻlishlariga qaramay, xoin va jallodlardir. Ular shafqatsizlikda baʼzida oʻz xoʻjayinlarini ortda qoldirardilar.

Oʻzlarini koʻrsatish maqsadida maxsus jazo guruhlari tarkibida kannibalistik topshiriqlarni bajonidil bajarishardi. Babiy Yardagi qatl, Volin qirgʻini, Yondirilgan Xatin, Litva va Latviyada yahudiylarni yoʻq qilish aktsiyalari ularning qonli qoʻllari tomonidan amalga oshirilgan.

Va bugungi kunda ham bizning pozitsiyamiz oʻzgarishsiz qolmoqda: natsistlar sheriklarining jinoiy harakatlari uchun hech qanday oqlov boʻlishi mumkin emas, bunday jinoyatlar oʻtish muddati boʻlmaydi. Shu sababli, bir qator mamlakatlarda natsistlar bilan hamkorlik qilish orqali oʻz shaʼnini bulgʻaganlar toʻsatdan Ikkinchi jahon urushi faxriylari bilan tenglashtirilgani taajjubga soladi. Men xaloskorlar va bosqinchilar oʻrtasida tenglik belgisi qoʻyish mumkin emas, deb hisoblayman. Natsistlar sheriklarining qahramonlashtirilishini esa faqatgina otalarimiz va bobolarimiz xotirasiga xiyonat sifatida koʻrish mumkin. Natsizmga qarshi kurashda xalqlarni birlashtirgan ideallarga xiyonat sifatida.

Oʻshanda SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya rahbarlari oldida hech bir mulolagʻasiz tarixiy vazifa turardi. Stalin, Ruzvelt, Cherchill turli mafkuralar, davlat intilishlari, manfaatlar, madaniyatlarga ega boʻlgan davlatlarni taqdim etardilar, ammo ulkan siyosiy iroda koʻrsatib, qarama-qarshilik va xayollardan ustun boʻlib, dunyoning chin manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻydilar. Natijada, ular kelishuvga keldilar va butun insoniyat bundan yutgan yechimga erishdilar.

Gʻolib-derjavalar bizga bir necha asrlar uchun intellektual va siyosiy izlanish kvinessentsiyasiga aylangan muhim tizimni qoldirdilar. Tehron, Yalta, San-Frantsisko, Potsdam singari qator konferentsiyalar shunga asos soldiki, dunyo mana 75 yil davomida keskin  qarama-qarshiliklarga qaramay, global urushsiz yashamoqda.

Biz hozir Gʻarbda va ayniqsa Ikkinchi Jahon urushi va uning yakunlari mavzusiga nisbatan kuzatayotgan tarixiy revizionizm shu bilan xavfliki, u 1945 yilda Yalta va San-Frantsisko anjumanlari tomonidan asos solingan tinch taraqqiyot tamoyillari tushunchasini qoʻpol ravishda buzib koʻrsatmoqda.

Yalta va oʻsha davrdagi boshqa qarorlarning asosiy tarixiy yutugʻi yetakchi kuchlarga ular oʻrtasida nizo vujudga keladigan taqdirda uni hal qilishda diplomatiya doirasida qolishga imkon beradigan mexanizmni yaratishga bildirilgan rozilikda edi.

XX asr total va keng qamrovli jahon mojarolarini olib keldi, 1945 yilda esa Yerni jisman yoʻq qilishga qodir boʻlgan yadro qurollari ham maydonga chiqdi. Boshqacha aytganda, nizolarni kuch bilan hal qilish oʻta xavfli boʻlib qoldi. Va Ikkinchi jahon urushidagi gʻoliblar buni tushunishardi. Ular insoniyat oldidagi oʻzlarining shaxsiy masʼuliyatlarini tushunishar va anglardilar.

1945 yilda Millatlar ligasining qaygʻuli tajribasi hisobga olindi. BMT Xavfsizlik Kengashi tuzilmasi tinchlik kafolatlarini maksimal aniq va taʼsirchanqilish uchun tuzilgan. Shu tariqa Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari instituti va ular javobgarligi sifatida veto huquqi paydo boʻldi.

BMT Xavfsizlik Kengashida veto huquqi nima degani? Ochigʻini aytganda, bu eng yirik mamlakatlarning toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashuviga yagona oqilona alternativa. Bu beshta derjavadan birining u yoki bu qaror u uchun nomaqbul ekani, uning manfaatlari va toʻgʻri yondashuv haqidagi tasavvurlariga zidligi haqidagi bayonotidir. Va boshqa davlatlar, garchi bunga rozi boʻlmasalar ham, pozitsiyani qabul qiladilar va oʻzlarining bir tomonlama intilishlarini amalga oshirishga urinishlaridan voz kechadilar. Yaʼni, har qanday holatda murosa qilish kerak.

Yangi global qarama-qarshilik Ikkinchi jahon urushi tugaganidan soʻng deyarli darhol boshlandi va baʼzan juda shiddatli xarakter kasb etdi. Sovuq urush uchinchi jahon urushiga aylanib ketmaganligi "Katta Uchlik" tomonidan imzolangan shartnomalar samaradorligini ishonchli tasdiqladi. BMTni tuzishda kelishilgan axloq qoidalari, kelajakda xatarlarni imkon qadar kamaytirish va qarama-qarshilikni nazorat ostida ushlashga imkon berdi.

Albatta, biz BMT tizimi hozirda zoʻriqish bilan ishlayotgani, kutilgan samarani bermayotganini koʻryapmiz. Ammo BMT oʻzining asosiy vazifasini avvalgidek bajarishda davom etmoqda. BMT Xavfsizlik Kengashining tamoyillari - katta urush yoki global mojaroning oldini olishning oʻziga xos noyob mexanizmidir.

Soʻnggi vaqtlarda tez-tez yangrayotgan veto huquqini bekor qilish va Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolarini maxsus imkoniyatlardan mahrum qilish haqidagi chaqiriqlar aslida masʼuliyatsizlikdir. Oxir oqibat, agar bu roʻy bersa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻsha Millatlar Ligasiga aylanadi - dunyodagi jarayonlarga taʼsir koʻrsatish richaglaridan mahrum, quruq suhbatlar uchun uchrashuv; bu qanday yakunlan topgani hammaga maʼlum. Shuning uchun gʻolib-derjavalar oʻz oʻtmishdoshlari xatolarini takrorlamaslik uchun yangi dunyo tartiboti tizimini shakllantirishga jiddiy yondoshdilar.

Xalqaro munosabatlarning zamonaviy tizimini yaratish - Ikkinchi jahon urushining eng muhim natijalaridan biridir. Hatto eng murosasiz ziddiyatlar - geosiyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy - tinchlik va hamjihatlikda yashash va hamkorlik qilish shakllarini topishga xalaqit bermaydi, agar buning uchun xohish va iroda boʻlsa. Bugun dunyo notinch davrlarni boshdan kechirmoqda.

Hammasi oʻzgarmoqda: global kuchlar joylashuvi va taʼsiridan muvozanatidan tortib jamiyatlar, davlatlar va butun boshli mintaqalarning ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik asoslariga qadar. Oʻtgan davrda bunday koʻlamdagi siljishlar hech qachon katta harbiy mojarolarsiz, kuchlar toʻqnashuvi va yangi global iyererxiyani qurishsiz kechmagan. Ittifoqdosh derjavalar siyosiy arboblarning donishmandligi va uzoqni koʻra bilishi tufayli dunyo miqyosida raqobatning rivojlanishiga xos boʻlgan bunday obʼyektivning haddan tashqari namoyon boʻlishiga toʻsqinlik qiladigan tizimni yaratishga muvaffaq boʻlindi.

Bizning burchimiz - siyosiy javobgarlikni oʻz zimmasiga olganlarning, birinchi navbatda Ikkinchi jahon urushidagi gʻolib-derjavalar vakillarining - ushbu tizim saqlanib qolishi va takomillashishini kafolatlashdir. Bugungi kunda, 1945 yildagi kabi, siyosiy irodani namoyon etib, birgalikda kelajakni muhokama qilish mumkin. Bizning hamkasblarimiz - Si Tszinpin, Makron, Tramp, Jonson janoblari - Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari boʻlgan beshta yadro davlatlari rahbarlarining uchrashuvini oʻtkazish haqidagi Rossiya tashabbusini qoʻllab-quvvatladilar. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiramiz va bunday uchrashuv eng qisqa fursatda boʻlib oʻtadi, deb umid qilamiz.

Kutilayotgan sammit kun tartibini qanday koʻrmoqdamiz? Avvalo, bizning fikrimizcha, dunyo ishlarida kollektiv boshlanishlarni rivojlantirish boʻyicha qadamlarni muhokama qilish, tinchlikni saqlab qolish, global va regional xavfsizlik masalalari, strategik qurollar ustidan nazorat, terrorizm, ekstremizm va boshqa dolzarb chaqiriqlar va xatarlar haqida ochiq gaplashib olish maqsadga muvofiqdir.

Uchrashuv kun tartibidagi alohida mavzu - bu global iqtisodiyotdagi vaziyat, birinchi navbatda koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqirozni yengib oʻtishdir. Mamlakatlarimiz odamlarning sogʻligʻi va hayotini himoya qilish, ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha misli koʻrilmagan choralarni koʻrmoqda.

Ammo pandemiya qanday oqibatlarga olib kelishi, global iqtisodiyot retsessiyadan qanchalik tez chiqib ketishi, bizning haqiqiy sheriklar singari birgalikda va kelishgan tarzda ishlash qobiliyatimizga bogʻliq.

Qolaversa, iqtisodiyotni bosim va ziddiyat vositasiga aylantirish mumkin emas. Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash, shuningdek global axborot makonining xavfsizligini taʼminlash dolzarb mavzular qatoriga kiradi.

Rossiya tomonidan taklif etilayotgan "beshlik" sammitining kun tartibi bizning mamlakatlarimiz uchun ham, butun dunyo uchun ham oʻta muhim va dolzarbdir. Har bir punkt boʻyicha bizda aniq gʻoyalar va tashabbuslar mavjud.

Shubha yoʻqki, Rossiya, Xitoy, Frantsiya, AQSH va Buyuk Britaniya sammiti zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi umumiy javob topishdagi izlanishlarda muhim rol oʻynaydi va bu bilan umumiy ittifoqdoshlik ruhiga va ota-bobolarimiz kurash olib borgan yuksak insonparvarlik gʻoyalari va qadriyatlarga sodiqligini namoyish etadi.

Umumiy tarixiy xotiraga tayanib, biz bir-birimizga ishonishimiz mumkin va kerak. Bu muvaffaqiyatli muzokaralar va sayyoradagi barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, barcha davlatlarning farovonligi va taraqqiyoti yoʻlida kelishilgan harakatlar uchun mustahkam asos boʻlib xizmat qiladi. Mubolagʻasiz aytish mumkin-ki, bizning butun dunyo, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi umumiy burchimiz aynan shundan iborat.

 

Asosiy mavzular