14:28 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
41010

Senat Tashqi ishlar vazirligi bosh boshqarmasi xodimi Feruza Mahmudovani Oʻzbekistonning Isroildagi elchisi etib tayinladi.

TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Senat Tashqi ishlar vazirligi bosh boshqarmasi xodimi Feruza Mahmudovani Oʻzbekistonning Isroildagi elchisi etib tayinladi.

Senat 5-yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasining Isroil davlatiga Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi.

Senatorlar Feruza Mahmudovani Oʻzbekistonning Isroil davlatidagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva shu kunga qadar mamlakatimiz 130dan ziyod xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan boʻlsa, ularda hali birorta ayol elchi tayinlanmaganini taʼkidlagan.

“Feruza Yuldashevna mustaqil Oʻzbekistonning birinchi ayol elchisi sifatida tarixda qoladi. Bu sharaf boʻlishi bilan birga, ulkan masʼuliyat hamdir. Qolaversa, uning bunday masʼuliyatli lavozimga loyiq topilgani mamlakatimizda ayollarga boʻlgan yuksak ishonch va eʼtirof namunasidir.

Ishonamizki, bunday eʼtibor va eʼtirofga bundan keyin ham koʻp marotaba guvoh boʻlamiz. Zero, oʻzbek ayollari bunga munosibdir», dedi senat raisi.

Asosiy mavzular