03:21 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Siyosat
Havola olish
169 0 0

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirgʻizistonning yangi tayinlangan bosh vaziri Kubatbek Boronov oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirgʻiziston bosh vaziri Kubatbek Boronov oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vazirining axborot xizmati xabar qildi.

Kandidat na doljnost premyer-ministr KR Kubatbek Boronov. Arxivnoye foto
Press-slujba pravitelstva / Sabыr Ailchiyev

“Oʻzbekiston hukumati rahbari oʻz hamkasbini Bosh vazir lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va Oʻzbekiston-Qirgʻiziston munosabatlarining yangi surʼatlar bilan izchil rivojlanib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi”, - deyilgan xabarda.

Suhbat chogʻida tomonlar yaqin kunlarda ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiya yigʻilishini oʻtkazish masalalarini muhokama qilishdi.

Ikki mamlakat bosh vazirlari boshchiligidagi Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hukumat delegatsiyalarining oxirgi marta uchrashuvi 2019 yil avgust oyida Bishkekda oʻtkazilgan.

Asosiy mavzular