10:50 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
130 0 0

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev elboshi Nursulton Nazarboyevga tez orada tuzalib ketishini, mustahkam sogʻlik va kuch-quvvat tiladi.

TOSHKENT, 22 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonning birinchi prezidenti – elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev elboshi Nursulton Nazarboyevga tez orada tuzalib ketishini, mustahkam sogʻlik va kuch-quvvat tiladi.

Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev proveli vstrechu
Press-slujba prezidenta Uzbekistana

Muloqotda koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish, shuningdek, Oʻzbekiston va Qozogʻistonning jadal rivojlanib borayotgan ikki tomonlama munosabatlari va iqtisodiyotlariga pandemiya oqibatlarining salbiy taʼsirini kamaytirish borasida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan birgalikda koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Bu boradagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishni yanada kuchaytirish muhim ekani taʼkidlandi.

Koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan Oʻzbekiston-Qozogʻiston amaliy hamkorligi kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro manfaatli aloqalarning ustuvor yoʻnalishlarida qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda. Oʻndan ortiq yangi loyihani amalga oshirish nazarda tutilayotgan sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” maʼqullandi.

Shuningdek, boʻlajak uchrashuv va tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev koronavirusga chalingani maʼlum boʻlgan Nursulton Nazarboyevga maktub yoʻllab, hol soʻragan edi.

Asosiy mavzular