Sud Atambayevni 11-yilga ozodlikdan mahrum etdi

© REUTERS / VLADIMIR PIROGOVBivshiy prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i yego storonniki prisutstvuyut na vstreche s jurnalistami v sele Koy-Tash bliz Bishkeka.
Bivshiy prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i yego storonniki prisutstvuyut na vstreche s jurnalistami v sele Koy-Tash bliz Bishkeka. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti eshituvda ishtirok etishdan va so‘ngso‘z aytishdan bosh tortdi, sudya qarori bilan u jarayon yakuniga qadar sud zalidan chiqarib yuborildi

TOShKENT, 23-iyun - Sputnik. Bishkek Pervomay tuman sudi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni kriminal avtoritet Aziz Batukayevni ozod etish bo‘yicha ish yuzasidan 11-yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston shari xabar qildi.

Obrashenie eks-prezidenta Kirgizii A. Atambayeva - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev spesnaz xodimini o‘qqa tutganmidi - Qirg‘iziston bosh prokuraturasi bayonoti

"Sud Atambayevni aybdor deb topdi va uni davlat mukofotlari va mulkini musodara qilib, 11-yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida qaror chiqardi", - deya o‘z qarorini o‘qib eshittirdi sudya.

Atambayev ayblanuvchilardan biri bo‘lgan - Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilish to‘g‘risidagi jinoiy ishni ko‘rib chiqish sudda 2019-yil noyabr oyining o‘rtalarida boshlangan. Jarayon yopiq tarzda o‘tkazildi.

Sobiq prezident sud eshituvida ishtirok etishdan va so‘ngso‘z aytishdan voz kechdi va sudya qarori bilan jarayon yakuniga qadar majlis zalidae chiqarib yuborildi.

Eks-prezident Kirgizii Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev o‘z maqsadiga erishdi – sudya qaror qabul qildi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil avgust oyi boshlarida Qirg‘izistonda sobiq prezident Atambayevni Koy-Tosh qishlog‘idagi qarorgohida qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilgan edi. Sobiq yetakchining tarafdorlariga qarshi maxsus vositalar qo‘llanildi, bunga javoban Atambayev tarafdorlari ham o‘t ochgan edi. Sobiq prezidentning o‘zi kuch tuzilmalariga ertasi kuni taslim bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, maxsus operatsiya oqibatida 136 kishi jarohatlangan. Bir nafar spesnaz xodimi halok bo‘lgan.

2017 yilda o‘tkazilgan prezident saylovlari yakuniga ko‘ra Almazbek Atambayev hokimiyatni o‘z vorisi va yaqin safdoshi Sooronbay Jeenbekovga topshirgan edi. Ammo shu ishdan ko‘p o‘tmay sobiq prezident komandasi a’zolariga qarshi jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Atambayev sobiq-prezident maqomidan mahrum etildi va o‘ta xavfli va og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblandi. Sobiq davlat rahbari o‘zining va safdoshlarining nomiga yog‘dirilayotgan ayblovlar siyosiy tusga egaligini ko‘p bor takrorlagan.

Yangiliklar lentasi
0