03:18 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Siyosat
Havola olish
431 0 0

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Gʻarb mamlakatlari va AQSH tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanktsiyalarga Moskvaning munosabati qandayligini izohladi

Rossiyadagi jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi kiritilgan sanktsiyalar va iqtisodiy cheklovlar soni boʻyicha Donald Tramp maʼmuriyati allaqachon AQShning sobiq prezidenti Barak Obama maʼmuriyatini ortda qoldirdi.

Lavrov Moskva bundan sira hafa emasligini aytdi va zamonaviy Gʻarb bilan ishlash juda murakkab jarayonligiga eʼtibor qaratdi.

"Birgalikda ishlash uchun qandaydir diplomatik forma kerak, lekin men baʼzi gʻarblik hamkasblarda, ayniqsa, Gʻarb lageridagi "musiqa buyurtmachilari" orasida diplomatik aloqalarni yoʻlga qoʻyishga boʻlgan layoqatni koʻrmayapman. Ular koʻproq oʻzgacha metodlarni maʼqul koʻradilar. Lekin bu zinhor bizga bu huzur bagʻishlashini anglatmaydi. Biz bu haqda mudom taʼkidlab kelganmiz, qolaversa, prezident Vladimir Putin Ikkinchi jahon urushiga bagʻishlab yozgan maqolasida bizning maqsadimiz hamkorlik ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi", - dedi Lavrov.

Chexiya prezidenti Rossiyaga qarshi sanktsiyalar behuda ekanini maʼlum qildi >>>

Rossiya TIV rahbariga koʻra, amerikalik hamkasblar xalqaro sahnada ish yuritish tili boʻlmish - diplomatiyadan tobora uzoqlashmoqda.  

Tashqi siyosiy idora rahbari taʼkidlashicha, Rossiya, mamlakatlar oʻrtasidagi muloqot teng va manfaatlar muvozanatini topishga qaratilgan boʻlsa, "muzokaralar uchun eshiklarini ochiq qoldiradi".

Tafsilotlarni videolavxada tomosha qiling.

Asosiy mavzular