23:59 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
207 0 0

Davlat rahbari tashrif davomida viloyatning qator tumanlarida boʻlishi, aholi bandligi va farovonligini taʼminlashga qaratilgan loyihalar bilan tanishishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 26 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatiga joʻnab ketdi.

Davlat rahbari tashrif davomida viloyatning qator tumanlarida boʻlib, keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari, aholi bandligi va farovonligini taʼminlashga qaratilgan loyihalar bilan tanishishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, iyun oyi boshida Mirziyoyev aholi hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Fargʻona viloyatiga safar uyushtirgan edi.

Asosiy mavzular