"Vatanimiz sizlardan buyuk ishlarni kutmoqda": Mirziyoyev yoshlarga tabrik yo‘lladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na pervom posle viborov zasedanii Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na pervom posle viborov zasedanii Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bugungi shiddatli zamonda, global miqyosda raqobat kuchayib borayotgan murakkab vaziyatda yuksak intellektual salohiyatga ega kadrlarga ehtiyoj har qachongidan ham ortib bormoqda.

TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakat yoshlariga bayram tabrigini yo‘lladi. Tabrik matni prezident matbuot-xizmati rasmiy saytida e’lon qilingan.

Texnopark Digital City v Andijane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning barcha hududida Yoshlar texnoparklari tashkil etiladi

Prezident bugungi kunda yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda azmu shijoatli yoshlarning o‘rni va ta’siri tobora ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan.

"Hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida, Vatan himoyasidek sharafli vazifani ado etishda millionlab yoshlarimiz sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilmoqda. Siyosiy saviyasi yetuk, mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega yuzlab yigit-qizlar parlamentimiz va xalq deputatlari mahalliy kengashlarining a’zosi sifatida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy hokimiyat idoralarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatmoqda", - deya ta’kidlagan prezident.

Koronavirus pandemiyasi hamda Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida ro‘y bergan ofatlar butun el-yurt qatori yoshlar irodasini ham sinovdan o‘tkazdi. Ana shunday og‘ir vaziyatlarda ming-minglab o‘g‘il-qizlarimiz chinakam mardlik va jasorat ko‘rsatib, barcha tengdoshlariga o‘rnak bo‘ldilar. 

XIX Vsemirniy festival molodeji i studentov. Den patiy - Sputnik O‘zbekiston
Muhabbat, mavqe va dardni yengish: Rossiyada ta’lim olish yoshlarga nima beradi

"Xususan, mamlakatimizda tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatining asosiy ishtirokchilari ham yoshlarimiz ekani, Harakat doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 4 ming 500 nafar a’zosi ko‘ngilli sifatida faol ish olib borayotgani tahsinga loyiqdir", - dedi davlat rahbari.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bugungi shiddatli zamonda, global miqyosda raqobat kuchayib borayotgan murakkab vaziyatda yuksak intellektual salohiyatga ega kadrlarga ehtiyoj har qachongidan ham ortib bormoqda.

Shu bois ulkan va mas’uliyatli vazifalardan kelib chiqib, mamlakat oliy ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, keyingi uch yilda respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari soni 60 foizga oshib, 116 taga yetdi. Ular orasida nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari borligi alohida e’tiborga loyiq. Mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari soni izchil oshirib borilmoqda. Agar 2016-2017 o‘quv yilida bu raqam 58 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda 150 mingtaga yetadi. Ya’ni, bu yil maktab bitiruvchilarining 25 %i oliy o‘quv yurtlarida o‘qish imkoniga ega bo‘ladi. Holbuki, 2017-yilda bu raqam 9 %ga teng edi.

Shavkat Mirziyoyev poruchil peresmotret sistemu visshego obrazovaniya v strane - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev mamlakat oliy ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Millat genofondini saqlash va davom ettirishning muhim omili bo‘lgan yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalasi doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda. So‘nggi uch yilda 2 ming 668 ta yosh oilaga uy-joy uchun 121 milliard 244 million so‘m boshlang‘ich to‘lov mablag‘lari 20 yil davomida foizsiz qaytarish sharti bilan to‘lab berildi.

"Barchamiz guvohmiz – bugun dunyo misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan keskin o‘zgarib bormoqda. Ijtimoiy hayotimizda ko‘plab ijobiy jarayonlar bilan birga, yosh avlodning qalbi va ongini egallashga qaratilgan ma’naviy tahdidlar ham tobora xavfli tus olmoqda. Bunday murakkab vaziyatda farzandlarimizni zararli ta’sirlardan asrash, doimo hushor va ogoh bo‘lib yashash eng dolzarb vazifamiz bo‘lib qolmoqda. Yoshlarimizni ona Vatanimizga, mustaqillik g‘oyalariga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning iste’dod va qobiliyatini, ezgu intilishlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida boshlagan katta ishlarimizni bundan buyon ham qat’iyat bilan  davom ettiramiz", - dedi prezident. 

V Andijane abituriyentka sdavala ekzamen pramo na bolnichnoy koyke - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus: 2020-yilda qabul kampaniyasi qanchalik o‘zgardi?

Ayni shu maqsadda yurtimizning barcha viloyat va tumanlarida, shahar va qishloqlarimizda yangi-yangi ta’lim dargohlari, madaniyat va san’at maskanlari, sport inshootlari barpo etilib, yoshlar ixtiyoriga berilmoqda. 

Shular qatorida poytaxtda bunyod etilgan muhtasham "G‘alaba bog‘i", "Shon-sharaf" muzeyi, Toshkent shahrining tarix muzeyi, betakror Adiblar xiyoboni O‘zbekiston farzandlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga xizmat qilishi shubhasiz. 

"Bugun jonajon O‘zbekistonimizda erkin va obod, farovon hayot qurish yo‘lida biz boshlagan ulkan ishlarni davom ettirishga qodir bo‘lgan yangi avlod shakllanmoqda. Aziz o‘g‘il-qizlarim, hech qachon unutmang, xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk ishlarni kutmoqda. Shu muqaddas ishonch va mas’uliyatni har tomonlama oqlash, unga munosib bo‘lish – dunyodagi eng ulug‘ baxtdir. Shunday baxt, shunday sharaf barchangizga nasib etsin! Sizlarni sevimli bayramingiz, azmu shijoat, go‘zallik va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman", - deya tabrikni yakunlagan Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0