Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPidjak na kresle
Pidjak na kresle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turin politexnika universiteti rektori oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘ktam Salomov O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiiy axborot” telegram kanalida xabar qilindi.

Shavkat Mirziyoyev O‘ktam Salomovni yangi lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi qarorni 29-iyun kuni imzolagan.

U shu vaqtga qadar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan. Undan avvalroq esa Andijon mashinasozlik instituti rektori lavozimida ishlagan.

O‘ktam Salomov 1977-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 1999-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Issiqlik fizikasi bo‘limi, 2004-yilda Fransiyaning Pyer va Mariya Kuri nomli 6—Parij universiteti aspiranturasini tamomlagan. 2014-yilda esa Turin politexnika universiteti doktoranturasini bitirgan.

Yangiliklar lentasi
0