22:30 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Siyosat
Havola olish
202 0 0

Putinga koʻra, rossiyaliklar aniq huquqiy normalar koʻrinishidagi tuzatishlar uchungina ovoz berayotgani yoʻq.

TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. RF prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga qilgan bugungi murojaatida Konstitutsiyaga kiritiladigan tuzatishlarni qadriyatlarning mustahkamlanishi, deya atadi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Rossiyaliklar konstitutsiyaga kiritilayotgan tuzatishlarni qoʻllab-quvvatlasalar, qadriyatlarni oliy kafolat sifatida mustahkamlab qoʻygan boʻladilar", - degan Putin.

Putinga koʻra, rossiyaliklar aniq huquqiy normalar koʻrinishidagi tuzatishlar uchungina ovoz berayotgani yoʻq.

"Biz oʻzimiz yashashni xohlaydigan mamlakat uchun ovoz bermoqdamiz. Zamonaviy taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimiga ega boʻlgan. Fuqarolarni ijtimoiy jihatdan ishonchli himoya qiladigan. Jamiyatga hisobdor boʻlgan samarali hukumatga ega. Biz farzandlarimiz va nabiralarimizga qoldirishni xohlaydigan va u uchun mehnat qiladigan davlatga ovoz bermoqdamiz", - dedi Rossiya yetakchisi oʻz murojaatida.

Bunday muhim qaror qabul qilar ekan, har bir inson avvalo oʻz yaqinlari haqida oʻylaydi, bizlarni birlashtiradigan qadriyatlarga tayanadi, dedi Putin.

"Bu haqiqat va adolat. Bu - inson mehnatiga, katta yoshdagi kishilarga boʻlgan hurmat. Bu - oila va farzandlar haqidagi gʻamxoʻrlik. Ularning sogʻligʻi, maʼnaviy kamoloti haqidagi gʻamxoʻrlik. Asosiy qonunga kiritiladigan tuzatishlar - sizlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan taqdirda – ushbu qadriyatlar va tamoyillarni, eng oliy, mutlaq konstitutsiyaviy kafolatlar sifatida mustahkamlaydi", - dedi Putin.

Asosiy mavzular