19:23 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
116 0 0

Zalmay Xalilzod Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQShning Afgʻonistondagi yarashish masalalari boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod va AQSH Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boler bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, tomonlar yaqin siyosiy munosabatlar oʻrnatilganini, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va harbiy-texnikaviy aloqalar mustahkamlanganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

“AQSH tomoni Oʻzbekiston rahbariyatining Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etishda mintaqaviy yondashuvni ilgari surish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi va ushbu yoʻnalishda faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini yana bir bor taʼkidladi”, - deyilgan xabarda.

Muzokaralar chogʻida Afgʻoniston va mintaqa oʻrtasidagi iqtisodiy, transport-kommunikatsiya aloqalarini kengaytirishga koʻmak beradigan qator loyihalarni moliyalashtirish uchun DFC mablagʻlarini jalb qilish yuzasidan fikr almashildi.

Asosiy mavzular