RF fuqarolari konstitutsiyaga o‘zgartirishlar uchun Toshkentda qanday ovoz berishlari mumkin

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishKonstitutsiya Rossiyskoy Federatsii.
Konstitutsiya Rossiyskoy Federatsii. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ovoz berishda Rossiya Federatsiyasining ovoz berish kuniga 18 yoshga to‘lgan fuqarolari qatnashish huquqiga egadirlar.

TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. 30-iyun kuni Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasida Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha saylov uchastkasi ochildi, u 1-iyul kuni ham ishlaydi.

Prezident RF V. Putin vistupil s obrasheniyem k grajdanam Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Putin Konstitutsiyaga kiritiladigan tuzatishlarni qadriyatlarning mustahkamlanishi, deya atadi

“Hurmatli Rossiya fuqarolari! 30-iyun kuni soat 14.00 dan 20.00 gacha va 1-iyul kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun elchixonada (Toshkent, Nukus ko‘chasi, 83) umumrossiya ovoz berishi o‘tkaziladi”, - deb habar beriladi RF O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasining Konsullik bo‘limi telegram-kanalida.

Diplomatik vakolatxonada aytilishicha, ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi. Shahs yonida amaldagi xorijiy yoki Rossiya ichki pasportiga ega bo‘lishi kifoya.

Shuningdek, konsullik bo‘limi fuqarolarning iltimosiga binoan, 1-iyul umumrossiya ovoz berish kunida saylov uchastkasining o‘zida tayyor chet el pasportlarini olish imkoniyati paydo bo‘lganini ma’lum qildi.

Chet el pasporti berilishga tayyorligini tekshirish va uni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati bilan shu yerda tanishish mumkin.

Taklif etilayotgan o‘zgartirishlarning mazmuni bilan shu yerda tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, dastlab Asosiy qonunga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ovoz berish 22-aprelga belgilangan edi, biroq mart oyining oxirida koronavirus infeksiyasining tarqalishi sababli Vladimir Putin uning ko‘chirilishini e’lon qildi. Unda davlat rahbari yangi sana shifokorlarning tavsiyalari asosida belgilanishini ta’kidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0