Tokio Rossiya bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi

© SputnikKunashir
Kunashir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarga uzoq yillar davomida tinchlik shartnomasi yo‘qligi o‘z soyasini tashlab turibdi.

TOShKENT, 3-iyul - Sputnik. Yaponiya hududiy muammoni hal qilish va tinchlik shartnomasini tuzish uchun Rossiya bilan muzokaralarni davom ettiradi. Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegi jurnalist tomonidan berilgan RF konstitutsiyasiga Rossiya hududlarini begonalashtirishni ta’qiqlovchi o‘zgartirishlar kiritilishi va Janubiy-Kurilskda o‘zgartishning tegishli matni tushirilgan tosh plitasi o‘rnatilishiga Tokio munosabati haqidagi savolga shu tarzda javob berdi.

Kunashir - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya TIV Janubiy Kuril tegishliligi haqidagi tushunchani qaytardi

Bu haqda RIA Novosti xabar beradi.

"Biz turli harakatlardan xabardormiz. Ammo tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar - bu (ikki mamlakat) hukumatlar o‘rtasidagi muzokaralardir. Biz yetakchilar - Bosh vazir Abe va Prezident Putin erishgan kelishuvlar asosida qat’iy muzokaralar olib borish va asosiy yo‘nalish - hududiy muammo va tinchlik shartnomasini tuzish asosida yechimga erishish niyatidamiz. Hozircha bor gap shu”, - dedi vazir matbuot anjumanida.

Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarga uzoq yillar davomida tinchlik shartnomasi yo‘qligi o‘z soyasini tashlab turibdi. 1956-yilda SSSR va Yaponiya Qo‘shma deklaratsiya imzolagan, unga muvofiq Moskva tinchlik shartnomasi tuzilgandan keyin Kuril orollaridan Xabomai va Shikotan orollarini Yaponiyaga topshirish ehtimolini ko‘rib chiqishga rozi bo‘lgan, Kunashir va Iturupning taqdiri bo‘yicha esa hech qanday aniqlik kiritilmagan. SSSR Qo‘shma deklaratsiya nizoga chek qo‘yishiga umid qilgan, Yaponiya esa ushbu hujjatni barcha orollarga da’vo qilishdan bosh tortmasdan muammoni hal qilishning bir qismi deb hisoblagan.

Ostrov Shikotan - Sputnik O‘zbekiston
Kuril orollaridagi Rossiya bayrog‘i tushirilmaydi - Putin

Keyingi muzokaralar hech qanday natija bermadi, tinchlik shartnomasi imzolanmay qolib ketdi. Shunday fikr ham mavjudki, AQSh tomonidan jiddiy qarshiliklar paydo bo‘ldi, chunki Yaponiya to‘rt oroldan faqat ikkitasini o‘ziga qaytarilishiga rozi bo‘lgan taqdirda, bu Okinavani Yaponiya suverenitetiga qaytarish jarayoniga ta’sir qiladi (Okinavani Yaponiyaga qaytarish to‘g‘risidagi bitim 1972-yilda kuchga kirgan). Moskvaning pozitsiyasi shundan iboratki, orollar Ikkinchi Jahon urushidan keyin SSSR tarkibiga kirdi va ularning ustidan RFning suvereniteti shubhasizdir.

2018 yilda, Singapurda, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe o‘rtasidagi yuqori martabali uchrashuvdan so‘ng, bosh vazir Abe tomonlar 1956-yildagi Sovet-Yaponiya qo‘shma deklaratsiyasi asosida tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar jarayonini tezlashtirishga kelishib oldilar, deb bayonot berdi. Bu Yaponiya tomonidan jiddiy yon bosish bo‘ldi, chunki hozirgi kungacha uning rasmiy pozitsiyasi to‘rt orolning hammasini qaytarish talabi va shundan keyingina tinchlik shartnomasini tuzish bo‘lib kelgan.

Yangiliklar lentasi
0