01:37 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Siyosat
Havola olish
77310

Fargʻona tumani hokimi, Yakkabogʻ tumani prokurori, Gʻuzor va Chortoq tumanlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari, Muborak tumani va Qoʻqon shahar soliq inspektsiyalari boshliqlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

TOSHKENT, 8 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni rivojlantirish hamda byudjet tushumlarini taʼminlash masalalari boʻyicha yigʻilish davomida ehtiyojmand aholini ishga joylamagan 6 rahbarni ishdan oldi. Bu haqda AOKA tegeram-kanalida xabar berildi.

Prezident kamida 257 ming nafar muhtoj oilalar vakillarini ishga joylashtirish, 37 mingta xonadonga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar ajratish zarurligini qayd etdi.

Ehtiyojmand aholini ishga joylashtirish koʻrsatkichi eng past sektorlarning 6 nafar rahbarlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi. Bular – Fargʻona tumani hokimi Nosirov, Yakkabogʻ tumani prokurori Mustafayev, Gʻuzor va Chortoq tumanlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari Raxmonov va Abdurayimov, Muborak tumani va Qoʻqon shahar soliq inspektsiyalari boshliqlari Temirov va Turdiqulov.

Yetti nafar rahbarga nisbatan oxirgi ogohlantirish sifatida "hayfsan" eʼlon qilindi. Bular – Shoʻrchi tumani hokimi Xudayberganov, Kattaqoʻrgʻon, Koson va Payariq tumanlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari Otamurodov, Otakulov va Shermuxamedov, Narpay, Gʻallaorol tumanlari va Guliston shahar soliq inspektsiyalari boshliqlari Dehqonov, Mamayev va Radjabov.

Asosiy mavzular