14:21 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
391 0 0

Oʻzbekiston prezidenti pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi xalqaro kodeksni qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT shafeligida pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi xalqaro kodeksni qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.

“Dunyo” AA xabariga koʻra, davlat rahbari 8 iyul kuni Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning COVID-19 davrida Mehnat munosabatlari boʻyicha global sammiti ishtirokchilariga murojaat yoʻllagan.

“Davlatimiz rahbari BMT shafeligida Pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi xalqaro kodeksni qabul qilish tashabbusini ilgari surdi”, - deyilgan xabarda.

Mirziyoyevning fikricha, ushbu kodeksda davlatlarning oʻz fuqarolari va xalqaro sheriklari oldidagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar va inson huquqlari sohalaridagi eng kam shartlari va majburiyatlari belgilab qoʻyilishi kerak.

Xususan, birinchidan, cheklov choralari faqat vaqtincha, fuqarolar huquq va erkinliklariga majburiy rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak. Bunday choralar xalqaro savdoga, ayniqsa tibbiy mahsulotlarga, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga toʻsqinlik qilmaslik boʻyicha xavflarga mutanosib boʻlishi shart.

Taklif qilinayotgan kodeksga prognoz qilish, tarqalishning erta bosqichlarini aniqlash, epidemiyaga qarshi turish va uning oqibatlarini kamaytirish choralari kiritiladi.

Mirziyoyev pandemiya mehnat xavfsizligini taʼminlash muhimligini koʻrsatdi deb hisoblaydi. Bu toʻgʻridan-toʻgʻri yangi kasallikka qarshi kurashning boshida turgan, haqiqiy qahramonlik koʻrsatgan tibbiyot xodimlariga tegishli.

Teglar:
Shavkat Mirziyoyev, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular