06:52 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
55820

Rossiya TIV rahbari AQSH qurol-aslahalar nazorati arxitekturasini tubdan vayron qilayotganiga urgʻu berdi.

TOSHKENT, 10 iyul - Sputnik. Soʻnggi vaqtlarda yadroviy qarama-qarshilik xavflari jiddiy ortdi, AQSH strategik barqarorlik atamasidan voz kechmoqda, deya bayonot berdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

"Soʻnggi vaqtlarda yadroviy xavflar sezilarli darajada oshgani, xavfsizlik va xalqaro strategik barqarorlik sohasidagi vaziyat ochiqchasiga yomonlashayotganiga qoʻshilaman. Buning sabablari barchaga ayon: AQSH global dominantlikni qaytarishga harakat qilmoqda va ular katta kuchlar raqobati deya ataydigan narsada gʻalabaga erishishni istamoqda, u strategik barqarorlik atamasidan voz kechib, endilikda uni strategik raqobat deya atamoqda. AQSH gʻalaba qozonishni istayapti", - dedi Lavrov "Primakov saboqlari" onlayn-sessiyasi davomida.

Rossiya TIV rahbari AQSH qurol-aslahalar nazorati arxitekturasini tubdan vayron qilayotganiga urgʻu berdi.

Asosiy mavzular