17:45 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Siyosat
Havola olish
33710

30 iyun kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvda ishtirokchilar "C5 + 1" formatidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha tadbirlar dasturini kelishib oldilar.

TOSHKENT, 10 iyul - Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH - "S5+1" formatida oʻtkazilgan uchrashuv qoʻshma bayonoti ommaga eʼlon qilindi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 30 iyun kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat kotibi va Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirlari "C5+1" formatida uchrashuv oʻtkazgan edilar.

Uchrashuv ishtirokchilari oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha tadbirlar dasturini kelishib oldilar.

Unga koʻra:

- ishtirokchilar savdo va investitsiya bitimi (TIFA) boʻyicha hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishdilar. Shuningdek, "C5+1" iqtisodiy masalalar boʻyicha ishchi guruhining yigʻilishlari uchun imkoniyatlar yaratish va ularda Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi, Eksport-import banki va AQSH savdo vazirligining xalqaro savdo departamenti bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini koʻrib chiqishga kelishib oldilar.

Iqtisodiy masalalar boʻyicha ishchi guruh ayollarning iqtisodiyotda ishtirok etishlari uchun imkoniyatlarni yaxshilashga va "C5+1" iqtisodiy tiklanish va farovonlik ishtirokchilari sifatida ayollarni qoʻllab-quvvatlaydigan sohalarni aniqlaydi.

- Iqtisodiy masalalar boʻyicha ishchi guruh Afgʻonistonning tranzit salohiyatini rivojlantirishda hamkorlik imkoniyatlarini, shu jumladan Afgʻoniston bilan xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan keng koʻlamli hamkorlik loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini koʻrib chiqadi. Iqtisodiy masalalar boʻyicha ishchi guruh sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi; turizm; transport; axborot texnologiyalari; moliyaviy shaffoflik va barqarorlikni oshirish kabi sohalarni ham muhokama qiladi.

- Ikkinchidan, energiya va atrof-muhit sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ishtirokchilar "C5+1" formati doirasida ishchi guruh ekspertlarining uchrashuvi uchun qayta tiklanadigan energiya texnologiyalarini integratsiyalashuvi va xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilishni ragʻbatlantirish, shuningdek, havo va suv sifati sohasida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilish uchun imkoniyatlar yaratishga kelishib oldilar.

Shuningdek, ishchi guruh innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni qoʻllash orqali Markaziy Osiyoning ekologik jihatdan noqulay zonalarida, shu jumladan Orol dengizi havzasidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash masalalarini ham muhokama qiladi.

Ishchi guruh atrof-muhit muammolariga moslashish boʻyicha milliy rejalarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, boshqa mintaqaviy energetika loyihalari, qayta tiklanadigan energiya manbalar, energiya tejash va energetika sektorining barcha darajalarida ayollarning integratsiyasini masalalarni muhokama qiladi.

- Uchinchidan, ishtirokchilar "C5 + 1" ishchi guruhi doirasida tovarlarning erkin aylanishini, odam savdosi va noqonuniy tovarlarning oldini olish, yadroviy va radiologik xavfsizlikni oldini olish hamda xavfsiz va samarali chegaralarni taʼminlash choralarini muhokama qilish boʻyicha hamkorlikni davom ettirishga va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar. Xavfsizlik boʻyicha ishchi guruhi ayollar xavfsizligini oshirish, tinchlikni saqlash, mojarolarning oldini olish va ularga javob berish, terrorizm va zoʻravon ekstremizmga qarshi kurashda ishtirok etishga intiladi.

Xavfsizlik boʻyicha ishchi guruhi, shuningdek, zoʻravon ekstremizmga qarshi kurash, terroristik tarmoqlar orqali onlayn-rekruting (yollash)ga qarshi kurashish, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlariga xalqaro majburiyatlarni bajarishga imkon berish maqsadida terrorizmga qarshi qoʻshma va mintaqaviy treninglar oʻtkazish masalalarini ham muhokama qiladi.

Asosiy mavzular