18:01 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Siyosat
Havola olish
291 0 0

Hozirda Bosh konsulliklar Rossiyaning oltita shahrida - Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don, Novosibirskda ochilgan. Shuningdek Moskvada Oʻzbekistonning elchixonasi ham faoliyat yuritmoqda.

TOSHKENT, 10 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada yana uchta Bosh konsulligini ochish masalasini koʻrib chiqmoqda.

Taxminlarga koʻra, diplomatik idoralar Tula, Samara va Saranskda ochilishi mumkin. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Erkin Hamrayev parlamentning “Narodnoye slovo” gazetasiga bergan intervyusida maʼlum qildi.

Hozirgi kunda Oʻzbekiston vakolatxonalari Rossiyaning yetti shahrida mavjud:

• respublika elchixonasi Moskvada joylashgan. Shuningdek, elchixona qoshida respublika Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda;

• Bosh konsulliklar Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don va Novosibirskda ochilgan.

Hamrayevning soʻzlariga koʻra, ayni paytda RF hududida 1,5 million oʻzbekistonlik bor. Biroq, respublika fuqarolari oʻz holiga tashlab qoʻyilmadi, deya qoʻshimcha qildi vazir oʻrinbosari.

Shuningdek vatandoshlar, turli idoralarning, shu jumladan, Oʻzbekiston faol hamkorlik qilayotgan "Rossiya migrantlar Federatsiyasi" jamoat tashkilotining hududiy boʻlinmalarining yordamiga tayanishi mumkin.

“Rossiyada ishni davom ettirish niyatida boʻlgan fuqarolar, RF hududida karantin choralari asta-sekin yumshatilayotganligi sababli, bosh konsulliklarga boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumot olish uchun murojaat qilmoqdalar”, - deya qoʻshimcha qildi Xamrayev.

Taʼkidlanishicha, chet elda Oʻzbekistonning iqtisodiy faol aholisining qariyb 20 foizi ishlamoqda - bu 2,5 million kishi degani.

Asosiy mavzular