22:49 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Siyosat
Havola olish
1086 0 0

Bir oz oldin, Turkiya Davlat kengashi 1934 yilda Avliyo Sofiya soborini muzeyga aylantirish boʻyicha qabul qilingan qarorni bekor qilgan edi

TOSHKENT, 11 iyul - Sputnik. Boshqa davlatlar fikrlari Istanbuldagi Avliyo Sofiya (Ayya Sofiya) sobori diniy maqomini oʻzgartirish haqidagi qarorga taʼsir qila olmaydi, deya bayonot berdi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdogʻan.

"Turkiya oʻz xalqi xohishidan kelib chiqib, Avliyo Sofiya sobori maqomini muzeydan masjidga oʻzgartirish boʻyicha qaror qabul qildi. Boshqa davlatlar fikri bizning qarorimizga taʼsir oʻtkaza olmaydi", - deya iqtibos keltirgan Erdogʻan soʻzlaridan Anadolu agentligi.

Turkiya yetakchisi shuningdek, Anqara harakatlarini tanqid qilayotganlar oʻz hududida islomofobiyaga qarshi kurashishga qodir emasliklarini qoʻshimcha qilgan.

Bir oz avval Turkiya Davlat kengashi 1934 yilda Avliyo Sofiya soborini muzeyga aylantirish boʻyicha qabul qilingan qarorni bekor qilgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu voqeadan koʻp oʻtmay Rajab Erdogʻan Ayya-Sofiyani masjiga aylantirish va u yerda musulmoncha ibodatlar boshlash toʻgʻrisida qarorni imzolagan.

YUNESKO rasmiylari sobor maqomi oʻzgartirilishi haqidagi qarorni "chuqur taassuf" bilan qabul qilganliklarini bildirdilar. Gretsiyada, oʻz navbatida, Turkiyaga qarshi sanktsiyalar zudlik bilan qoʻllanilishi lozimligi haqida daʼvatlar yangray boshladi. Moskva RPTS vakillari, Erdogʻan qaroriga, "chuqur oʻylanmagan", deya baho berdilar.

Asosiy mavzular