22:03 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
185 0 0

Belarus prezidenti gʻarblik qoʻshnilarga Belarusda oʻz koʻnikmalarini charxlamasdan, AQSH yoki Rossiyadagi demokratiyani tanqid qilishni taklif etdi

TOSHKENT, 16 iyul – Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Vitebsk viloyati faollari bilan uchrashuvda Yevropa ittifoqining Belarus demokratiyasi nomiga yogʻdirgan tanqidlariga javob qaytardi, deb xabar bermoqda Sputnik Belarus.

Prezident oʻz chiqishi davomida gʻarblik qoʻshnilarda turli holatlar, jumladan, ikkitalik standartlar ham uchrab turishini aytdi.

"Ular bizga, qaranglar, hammasi demokratik oʻtsin, koʻchalarda Xudo koʻrsatmasin, toʻqnashuvlar roʻy bermasin, deya shama qilishmoqda! Siz oʻz sherigingiz - Amerika Qoʻshma Shtatlariga eʼtibor bering. Koʻryapsizmi, u yerda nimalar roʻy berayotganini? U yerda portlovchi moddalarsiz, koʻz yosh keltiruvchi gazsiz kun oʻtmayapti. Siz balki, Trampni tanqid qilarsiz yoki AQShni u yerda demokratiya yoʻqligi uchun, balki Rossiyaga dagʻal gapirishga urinib koʻrarsiz? Qoʻrqishadi. Shu bois Belarusda oʻz koʻnikmalarini charxlashga qaror qilishgan boʻlsa kerak", - dedi davlat rahbari.

Lukashenko gʻarblik qoʻshnilar hech narsaga erisholmasligini, mamlakatni jamiki qonuniy usullar bilan himoya qilishlarini va hech kimga berib qoʻymasligini aytib ishontirdi. Shu bilan birga, belarus yetakchisi, saylovlarga xorijiy kuzatuvchilar xohlashsa ertagayoq kelishlari mumkinligini taʼkidladi.

"Biz ularga, gar saylovlarni kuzatishni istasangiz - marhamat, ertagayoq keling, biz yashirinayotganimiz yoʻq, ammo bizga barmogʻingiz bilan qanday yashash kerakligiga ishora qilmang, deb aytamiz", - deya aniqlik kiritdi prezident.

Eslatib oʻtamiz, chorashanba kuni YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi Belarusdagi joriy prezident saylovlariga oʻz kuzatuvchilarini yubormasligi maʼlum boʻldi. Ushbu qarorga belarus tomonidan taklifnoma yoʻllanmaganligi sabab sifatida koʻrsatilmoqda.

Asosiy mavzular