18:26 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
58 0 0

Hujjat joriy yil oktyabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan MDH davlatlari rahbarlari kengashining majlisida qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari Xalqaro axborot xavfsizligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonot tayyorlashmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Oʻzbekiston MDHga raisligi doirasida 15 iyul kuni MDHga aʼzo davlatlar ekspertlari videokonferentsaloqa shaklida Hamdoʻstlik davlatlari rahbarlarining Xalqaro axborot xavfsizligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonoti loyihasini muhokama qilgan.

Tadbirda Armaniston, Belarus, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Moldova (kuzatuvchi sifatida), Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirliklari vakillari ishtirok etgan.

“Muhokama qilinayotgan hujjat jahon hamjamiyati eʼtiborini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, jumladan, ularni xalqaro tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash vazifalari bilan bogʻliq maqsadlarda ishlatishning zaruratiga eʼtibor berishga undaydi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, hujjat loyihasi yuzasidan tomonlarning eʼtiroz va takliflari muhokama qilindi va matnning asosiy bandlari kelishilgan. Loyihani muhokama qilishni 21-avgust kuni videokonferentsiya shaklida davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Loyiha maʼqullangandan soʻng hujjat joriy yil oktyabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtadigan MDH davlatlari rahbarlari kengashining majlisida qabul qilinishi rejalashtirilmoqda

Asosiy mavzular