22:51 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
286224

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida Oʻzbekiston poytaxtida koronavirusga qarshi kurashish choralaridan keskin norozi boʻlib, shahar hokimi Jahongir Artikxodjayevga hayfsan eʼlon qilgan edi

TOSHKENT, 18 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtda koronavirusga qarshi olib borilgan chora-tadbirlardan keskin noroziligini bildirgach, bugun, 18 iyul shanba kuni poytaht hokimligi matbuot-xizmati rahbari Furqat Mahmudxoʻjayev Toshkent shahrida shu qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bayonot berdi.

Matbuot-xizmati rahbarining maʼlum qilishicha, bunda Sogʻliqni saqlash tizimining boʻgʻinlari birma-bir oʻrganilgan. Birinchi navbatda boʻgʻinlardagi turli zaif nuqtalar belgilab olingan va ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy choralar koʻrila boshlangan.

Birinchidan: fuqarolarni bezovta qilayotgan har bir holat yuzasidan tibbiyot muassasalarining qisqa raqamlari: "103" orqali tez yordamga murojaat qilishlarida bandlik holatlari boʻlmasligi choralari koʻrilgan.

Qoʻngʻiroqlar intensivligi oʻrganilganida, "103" raqamiga soat 18.00dan 24.00ga qadar koʻp murojaatlar boʻlishi aniqlangan. Shu munosabat bilan ish rejimi qayta koʻrib chiqilib, shu vaqt oraligʻida eng tajribali operatorlar ishlashlari uchun tanlab olish ishlari amalga oshirilgan. Shu tariqa qoʻngʻiroq qilish va ulanish vaqtlarini qisqartirishga erishilgan.

Bundan tashqari, yaxshi ishlagan va oʻz vazifasiga sidqidildan yondashayotgan operatorlarni ragʻbatlantirish tizimi ham yoʻlga qoʻyilgan. (har bir qabul qilingan va sifatli qayta ishlangan qoʻngʻiroq uchun 1500 soʻm, yana 500 soʻm - aʼlo muomala uchun).

"Tez yordam" brigadasi 15 daqiqadan koʻp boʻlmagan vaqtda yetib borishi choralari koʻrilgan.

"Yaxshi ishlagan brigadalar uchun ham ragʻbatlantirish tizimi qoʻllanilishi nazarda tutilmoqda", - dedi Mahmudxoʻjayev.

Shu kunni ichida 25ta "Damas" rusumli avtomobillar joylarga yetqazib berilgan.

Ikkinchidan: Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi tibbiyot muassasalarida jami 423ta boʻsh ish oʻrinlari malakali mutaxassis bilan zudlik bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

Uchinchidan: Toshkent shahridagi 42ta kasalxonalarda shaxsiy himoya vositalari boʻyicha ehtiyojlar oʻrganilgan. Unga koʻra, 70 ming dona tibbiy niqoblar, 70 mingta tibbiy kombinezonlar, 150 mingta tibbiy qoʻlqoplar, 3 mingta tibbiy koʻzoynaklar, 5 mingta tibbiy bosh kiyim, 200 ming baxila ularning 1 haftalik ehtiyoji uchun oldindan yetkazib berilgan.

Bundan tashqari, tibbiyot anjomlaridan 40ta IVL, 120ta bolalar va 80ta kattalar uchun sipap apparatlari kasalxonalarga tarqatilgan.

Toʻrtinchidan: tumanlar sanepid osoyishtaligi markazlariga 2tadan (jami 22ta), shahar markaziga 1ta, ruhiy kasalliklar shifoxonalariga 2ta, jami 25ta "Damas" rusumli avtomobillar yetqazib berilgan.

Yuqoridagi harajatlar uchun poytaxt byudjetidan jami 22,2 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.

Beshinchidan: uch oylik eng zarur dori-darmon vositalari zaxirasini shakllantirish uchun talab etiladigan 30 milliard soʻmdan dastlabki 15 milliard soʻmi "Dori-darmon" tashkiloti hisob raqamiga oʻtkazilgan.

Oltinchidan: Toshkent shahrida joylashgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va markazlari rahbarlari bilan suhbat oʻtkazilib, ularda faoliyat yuritayotgan 284 nafar xodimlarni uy sharoitida davolanayotgan bemorlarni holatidan xabar olishga jalb etish boʻyicha kelishilgan.

Yettinchidan: shahardagi dori-vositalarini ishlab-chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari bilan uchrashib, ularning litsenziyalash, bojxona, kredit va boshqa muammolari hal etilmoqda.

Sakkizinchidan: ehtiyojmand oilalardan 1197 qisqa raqamiga kelib tushgan murojaatlar boʻyicha bugunga qadar 5802ta oilaga mahsulot yetkazib berilgan.

Toʻqqizinchidan: Toshkent shahar hokimi 16 iyul kuni koronavirus bilan kasallanganlar davolanayotgan Shayhontohur tumanidagi Ibn-Sino nomidagi 1-son shahar kasalxonasiga borib, holat bilan tanishganidan soʻng, bemorlarni ovqatlantirish tizimini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritilgan. Bundan buyogʻiga, Toshkentdagi koronavirusga qarshi davolanayotgan fuqarolarning xonadonlaridan kasalxonalarga ovqat olib kelishni cheklash, ovqat sifatini oshirish maqsadida har bir kasalxonada Yuqorichirchiqdagi karantin zonasida amalga oshirilayotgan tizimni yoʻlga qoʻyishga masalalari koʻrib chiqilmoqda.

Toshkent shahri boʻyicha jami kasalxonalarda 2358ta koyka-zaxirasi shakllantirilgan.

Asosiy mavzular