13:16 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Siyosat
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (58)
10810

Yaponiya Oʻzbekistonning uzoq muddatli afgʻon inqirozini tinch yoʻl bilan hal etish borasida olib borayotgan siyosatini yuqori baholadi.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Tokio “Yaponiya-Oʻzbekiston-Afgʻoniston” uch tomonlama maslahat shaklini yaratishni taklif qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ushbu taklif Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Yaponiyaning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Katsuxito Takaxashi bilan onlayn muzokaralari chogʻida bildirildi.

Taʼkidlanishicha, suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Yaponiyaning Afgʻoniston mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish borasidagi saʼy-harakatlari, toʻgʻridan-toʻgʻri afgʻonlararo ichki muzokaralarni tezroq boshlash masalalari muhokama qilindi.

Yaponiya Oʻzbekiston rahbariyatining uzoq muddatli afgʻon inqirozini tinch yoʻl bilan hal etish, mamlakatni mintaqaviy siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga integratsiya qilish borasida olib borayotgan siyosatini yuqori baholadi.

“Afgʻonlararo tinchlik muzokaralarini ilgari surish, shuningdek, iqtisodiy yoʻnalishdagi Oʻzbekistonning yuqori nufuzi va rolini inobatga olgan holda, Katsuhito Takahashi “Yaponiya-Oʻzbekiston-Afgʻoniston” uch tomonlama maslahat shaklini yaratishni taklif qildi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, Afgʻoniston milliy iqtisodiyotini tiklash, mamlakatda turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda Oʻzbekiston-Yaponiya hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha atroflicha fikr almashildi.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (58)

Asosiy mavzular