14:07 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
30310

Lukashenko amaldorlardan chet el OAVlari faoliyatiga munosabat bildirishni talab qildi. Mamlakat TIV rahbari Makey shu oʻrinda yaxshigina tanbeh eshitdi.

TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko amaldorlardan OAVdagi vaziyatni nostabillashtiruvchi xabarlarga munosabat bildirishni talab qildi. Shuningdek, bunday holatlarda ushbu elektoral kampaniya yakunini kutib oʻtirmasdan, chet el jurnalistlarini mamlakatdan chiqarib yuborishi mumkinligini istisno qilmadi.

"Ha, hukumatimizda ham, tashqi ishlar vazirligida ham, hamma qoʻl qovushtirib oʻtiribdi, prezidentdan buyruq kelishini kutib. Mamlakatga bunday munosabatni qanday tushunish mumkin? BBC, "Ozodlik", "Ozod Yevropa" va hokazolar, axborot oqimlari... Men hali tarafkashlikni aytganim yoʻq, ular axir ommaviy tartibsizliklarga daʼvat qilmoqda. Nega siz bularga toqat qilyapsiz? Siz-ku ularni bu yerda akkreditatsiya qilgan", - iqtibos keltirgan Lukashenko soʻzlaridan Sputnik Belarus.

Prezident OAVda destruktiv (zararli) maʼlumot berilgan vaqtda choralar koʻrish zaruratiga eʼtibor qaratdi.

"Ushbu elektoral kampaniyaning yakunini kutib oʻtirishning hojati yoʻq (9 avgust sanasiga mamlakatda prezident saylovlari belgilangan – tahr.). Agar ular bizning qonunlarimizga amal qilmasa va odamlarni maydonlarga chaqirsa, ularni bu yerdan quvib soling", - deya topshiriq berdi Lukashenko.

Belarus mamlakati rahbari OAVdagi buzgʻunchilikka qatʼiyat bilan munosabat bildirishni talab qildi, masʼul shaxslar, xususan, prezident administratsiyasi axborot maydoniga yanada sinchkovlik bilan eʼtibor qaratishlari lozimligiga eʼtibor qaratdi.

"Albatta, oxirgi vaqtlarda prezident administratsiyasi, matbuot-kotibi ishi meni juda hayratlantirmoqda, ha, fikrimcha, Natalya Ivanovna ham (Belarus parlamenti yuqori palatasi raisi Natalya Kochanova - tahr.) bu holatga sinchkovlik bilan qarashi mumkin edi", - dedi Lukashenko.

Lukashenkoga koʻra, gap faqatgina internet ustida emas, balki anʼanaviy OAV, misol uchun, gazetalar xususida ham bormoqda.

Belarus yetakchisi hosilni yigʻishtirish kampaniyasi haqida reportaj tayyorlashni maslahat berdi.

"Kombaynerni suratga oling, u haqda hikoya qiling. Shu oddiy odamlar hayotidan soʻzlang - axir ular butun mamlakatni boqayotgan mehnatkashlar-ku. Axir ertaga hamma, birinchi navbatda shu badxat odamlar ham oʻziga, yaqinlariga, farzandlariga bir burda non olish uchun doʻkonga qarab yuguradi", - davom etdi Belarus yetakchisi.

Lukashenko masʼul shaxslardan u yoki bu koʻrsatmalarni kutib oʻtirmasdan oʻz majburiyatlarini bajarishni talab qildi. "Meni diqqat bilan eshiting, biz bu davlatda xoʻjayinmiz. Oʻz majburiyatingizni bajaring. Agar uddalay olmasangiz - bu ish qoʻlimdan kelmaydi, deb ayting. Boshqalar shugʻullanadi", - dedi Belarus prezidenti. U mamlakatda saylov kampaniyasi ketayotganiga qaramay, munosabat bildirilishi shartligini taʼkidladi.

"Biz bu murakkab elektoral davrga kirganimizga qaramay, boshqa takrorlab oʻtirmayman. Haqorat ortidan haqorat - bunday boʻlmaydida axir. Meni har tomondan chaplab boʻlishdi. Endi esa hech qanday aybi boʻlmagan uchastka komissiyalari raislariga ham tashlanishyapti. Ularning oilasi, farzandlari bor axir", - deb qoʻshimcha qildi Lukashenko.

Asosiy mavzular