Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashishdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Yaponiyu dlya uchastiya v sammite "Gruppi dvadsati"
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Yaponiyu dlya uchastiya v sammite Gruppi dvadsati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin va Donald Tramp telefon suhbatida Eron yadroviy dasturini va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishdi.

TOShKENT, 24-iyul - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi. Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlar va Eron yadroviy dasturi muhokama qilindi, deb xabar beradi Kreml matbuot xizmati.

“Rossiya va AQShning xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashdagi alohida mas’uliyatini hisobga olgan holda strategik barqarorlik va qurollar nazorati masalalari chuqur ko‘rib chiqildi. Shu nuqtayi nazardan, ushbu masalalar bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlar, shu jumladan strategik hujumkor qurollarni qisqartirish va cheklash to‘g‘risidagi Shartnoma mavzusi bo‘yicha, dolzarbligi tasdiqlandi”, - deyiladi xabarda.

Tomonlar ilgari Putin tomonidan taklif etilgan, xalqaro xavfsizlikning keng ko‘lamli muammolari bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zo-mamlakatlari sammitini o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusning muhimligini ta’kidladilar.

Ikki davlat yetkachilari Eronning yadroviy dasturini muhokama qildilar, bunda mintaqaviy barqarorlikni va yadro qurollarini tarqatmaslikning global rejimini saqlash uchun jamoaviy harakatlar zarurligini ta’kidladilar.

Bundan tashqari, davlat rahbarlari Rossiya-Amerika savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishga tayyorligini bildirishdi, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda hamkorlikka ijobiy baho berishdi va “Soyuz-Apollon” qo‘shma dasturi doirasida orbital parvozning 45-yilligi bilan bir-birlarini qutladilar.

Kremlda suhbat samarali va mazmunli o‘tganini ta’kidladilar.

Sputnik  radiosi aprel oyi o‘rtasida Putin va Tramp Elba uchrashuvini nishonlash to‘g‘risida bayonot berganlarini xabar qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0