Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan muborakbod etdi. Muloqot davomida prezidentlar o‘tgan oyda Moskvada bo‘lib o‘tgan amaliy uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratdilar.

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo davlat yetakchilari Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

“Vladimir Putin O‘zbekiston prezidentini tavallud kuni bilan chin dildan muborakbod etib, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Liderlar o‘tgan oyda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan amaliy uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratdilar,” – deyilgan xabarda.

Bundan avval Markaziy Osiyo davlat yetakchilari Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagani haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0