05:55 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Siyosat
Havola olish
19410

Bugun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 63 yoshga toʻldi. Ushbu munosabat bilan Markaziy Osiyo, MDH va xorijiy davlat rahbarlaridan tabriknomalar kelib tushmoqda.

TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi.

“Sizni tugʻilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklayman.

Qardosh Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi, xalqaro maydonda obroʻsi oshishi Sizning nomingiz bilan bevosita bogʻliq.  

Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasini birlashtiruvchi strategik hamkorlik va doʻstlik munosabatlarining mustahkamlanishida Sizning katta shaxsiy ulushingiz bor. Sizning doimiy eʼtiboringiz tufayli savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikka yangi  darajaga koʻtarildi, energetika, sanoat, transport infratuzilmasib taʼlim, fan, madaniyat va boshqa sohalarda muhim qoʻshma loyihalar hayotgan tatbiq etilmoqda.

Sizning Oʻzbekistonga YEOIIda kuzatuvchi maqomi berilishi haqidagi murojaatingiz kelajakda Rossiya va Oʻzbekiston orasida ikki tomonlama hamkorlikning barcha jabhalarini qamrab olishi va integratsion jarayonlarni chuqurlashtirishga xizmat qilishiga ishonaman.

Hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sogʻliq, faravonlik va maʼsuliyatli davlatchilik faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman”, - deyilgan Rossiya bosh vaziri tabrik soʻzida.

Eslatib oʻtamiz, bugun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 63 yoshga toʻldi. Ushbu munosabat bilan Markaziy Osiyo, MDH va xorijiy davlat rahbarlaridan tabriknomalar kelib tushmoqda.

Asosiy mavzular