01:53 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
48 0 0

Oʻzbekiston barcha afgʻon tomonlarini mamlakatning tinch kelajagi yoʻlida ushbu ezgu maqsadga erishishda oqillik va konstruktiv yondashuv namoyish etishga chaqirgan.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan Afgʻonistonda uch kunlik sulh eʼlon qilinganini olqishlaydi. Bu mamlakat TIV bayonoti eʼlon qilindi.

“Ushbu muborak kunlarda oʻt ochishning toʻxtatilishi afgʻonlararo tinchlik muzokaralarini boshlash uchun zarur sharoit yaratishiga umid qilamiz. Oʻzbekiston barcha afgʻon tomonlarini mamlakatning tinch kelajagi yoʻlida ushbu ezgu maqsadga erishishda oqillik va konstruktiv yondashuv namoyish etishga chaqiradi”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik Oʻzbekiston Afgʻoniston xalqi bilan doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, afgʻonlararo siyosiy jarayonni har jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda tinch va farovon Afgʻoniston barpo etishda har tomonlama yordam koʻrsatishda davom etishini bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Tolibon”* radikal harakati Afgʻonistonda Qurbon hayiti bayrami vaqtida uch kunga oʻt ochishni toʻxtatish qarorini qabul qilgani xabar qilingan edi.

* - Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Asosiy mavzular