Qator xorijiy davlatlar yetakchilari Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan qutladilar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Krasnoy ploshadi vo vremya parada
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Krasnoy ploshadi vo vremya parada  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tabrik telegrammalarida Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq, umumiy global xatarlarni tez fursatda yengib o‘tish tilaklari izhor etilgan.

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosiy, jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda, deb xabar qilgan davlat rahbari matbuot-xizmati.

Sotrudniki DPS i Natsionalnoy gvardii na postu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Qurbon Hayiti kuni harakatlanish sutka davomida to‘liq to‘xtatiladi

Ularda Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq, umumiy global xatarlarni tez fursatda yengib o‘tish tilaklari izhor etilgan.

Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan: 

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev;

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Prazdnovanie Kurban-Bayrama v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tufayli Qurbon hayiti namozi jamoat bo‘lib o‘qilmaydi - Musulmonlar idorasi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani;

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Prazdnik Kurban-Bayram v Moskovskoy Sobornoy mecheti - Sputnik O‘zbekiston
Qurbon hayiti bu yil o‘zgacha o‘tadi

Yaman Respublikasi Prezidenti Abdurabbu Mansur Hodiy;

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos;

O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said;

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohshukur Poshshozoda;

Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Yusuf al Usaymin;

Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hajar;

Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti bosh direktori Salim al Malik.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0