18:59 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Siyosat
Havola olish
307 0 0

Shuningdek, Ichki ishlar vaziri, Tashqi ishlar vaziri hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining axborotlari koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 31 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi 7 avgust kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda Senat matbuot-xizmati.

Videokonferentsaloqa tarzida oʻtkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, "Taʼlim toʻgʻrisida"gi, "Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi, "Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi,  "Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida"gi, "Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qonunlar shular jumlasidan.

Bundan tashqari, “Qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati jarayonlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi, "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi, "Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, "Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturining 2020 yil birinchi yarim yillik ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti, qolaversa, Ichki ishlar vaziri, Tashqi ishlar vaziri hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining axborotlari koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlari himoyasini taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan, mamlakatda aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishda yuzaga kelayotgan muammolar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hamda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash kabi jinoyatlar sodir etilishi holati toʻgʻrisida Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatiga parlament soʻrovlari yuborish masalasi ham muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Asosiy mavzular