04:54 08 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Siyosat
Havola olish
513 0 0

Yetmish sakkiz sahifadan iborat hujjatda aytilishicha, amerika rahbari oʻtgan yilda 21,4 mln $ daromadga Floridadagi Mar-a-lago kurorti tufayli va 40,5 mln $ daromadga Vashingtondagi Oq uy yaqinidagi oteli tufayli ega boʻlgan.

TOSHKENT, 1 avg - Sputnik. AQSH prezidenti moliyaviy ishlar boʻyicha etika idorasi Donald Trampning 2019 yil uchun yillik moliyaviy hisobotini eʼlon qildi.

Yetmish sakkiz sahifadan iborat hujjatda aytilishicha, amerika rahbari oʻtgan yilda 21,4 mln $ daromadga Floridadagi Mar-a-lago kurorti tufayli va 40,5 mln $ daromadga Vashingtondagi Oq uy yaqinidagi oteli tufayli ega boʻlgan.

Hujjatda 2019 yil uchun maʼlumotlar keltirilgan, shu bois, koronavirusning prezident biznesiga taʼsiri aks etmagan. Baʼzi hollarda biznesni koronavirus fonida kiritilgan cheklovlar tufayli yopishga toʻgʻri kelgan.

AQSH yetakchisi, shuningdek, Beverli-Xillzdagi dangʻillama turar-joyni sotib, 13,5 million dollar daromad olgani haqida xabar bergan. Bundan tashqari, Tramp daromadining kattagina qismi uning dunyo boʻylab koʻchmas mulkdan olgan daromadidan iborat, shuningdek, u "Bitimlar tuzish sanʼati" kitobi uchun yiliga 100 ming dollardan koʻproq qalam haqi oladi.

Oʻtgan yili u Kinoaktyorlar gildiyalari mukofotidan 77,8 ming dollar va Amerika televideniye va radio artistlari federatsiyasidan 8,7 ming dollar pensiya olgan.

Trampning 14 krediti bor, ularning beshtasining umumiy summasi - 50 million dollardan ziyod.

Wall Street Journal gazetasi maʼlumotlariga koʻra, AQSH prezidenti biznesi 2019 yilda jami 446 million dollar daromad keltirgan, bu oʻtgan yilgiga nisbatan 2,6%ga koʻpdir.

Asosiy mavzular