23:30 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
154 0 0

Shavkat Mirziyoyev Bayrut bandargohida yuz bergan kuchli portlash munosabati bilan Livan prezidentiga hamdardlik bildirdi.

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bayrut bandargohida yuz bergan kuchli portlash oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va jarohatlangani munosabati bilan Livan prezidenti Mishel Aunga hamdardlik bildirdi.

“Davlatimiz rahbari Livan xalqiga, marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya bildirdi”, - deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

Livan poytaxti Bayrut shahridagi dahshatli portlash kecha yuz berdi. Taxminlarga koʻra, badargohdagi 2014 yilda kemadan musodara qilingan 2750 tonna ammiak selitrasi portlab ketgan. Portlashdan shaharning teng yarmi jabr koʻrgan. Kasalxonalar jarohatlanganlar bilan toʻlib toshgan.

Livan hukumati fojia qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam eʼlon qildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 100 ortiq kishi qurbon boʻlgan, toʻrt mingga yaqin kishi jabrlangan. Koʻplar bedarak yoʻqolgan.

Asosiy mavzular