01:31 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
224 0 0

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Ilhomjon Neʼmatov Belarus elchisi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqot chogʻida ikki davlat munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi

TOSHKENT, 7 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov 6-avgust kuni Belarusning Favqulodda va Muxtor Elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston-Belarus munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, oʻzaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning izchil rivojlanib borayotgani taʼkidlandi.

Boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali, jumladan Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini, shuningdek, "Belarusda ishlab chiqarilgan" milliy mahsulotlar koʻrgazmasini 2020-yil kuzida Toshkent shahrida oʻtkazish masalasi koʻrib chiqildi.

Asosiy mavzular