06:01 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Siyosat
Havola olish
638 0 0

Annen shuningdek, Germaniya "Yevropa suverenitetini mustahkamlash uchun" Yevropa Ittifoqi Kengashi raisligidan foydalanishini maʼlum qildi hamda Yevropa bunday shantajga yon bermasligi kerakligini qoʻshimcha qildi.

TOSHKENT, 7 avg - Sputnik. GFR TIV davlat vaziri Nils Annen Handelsblatt gazetasiga bergan intervyusida "Shimoliy oqim-2" tufayli Germaniyaning Zasnits shahridagi port rahbariyatiga sanktsiyalar bilan tahdid qilgan amerikalik senatorlarni qattiq tanqid qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Avvalroq, AQSH uch senatori tomonidan Sassnitz GmbH porti operatori nomiga yuborgan maktubi RIA Novosti tasarrufiga kelib tushgan edi. Unda AQSH hukumati tomonidan quvur qurilishida ishtirok etayotgan kompaniyalarga qarshi tayyorlanayotgan sanktsiyalar haqida gap boradi. Xususan murojaatda, agar ish davom ettirilsa, Zasnits portini "moliyaviy halokat" kutayotgani aytilgan.

"AQShning yaqin sheriklar va ittifoqchilarga nisbatan eksterritorial (oʻz hududidan tashqarida qoʻllaniladigan-tahr.) sanktsiyalari siyosati milliy suverenitetimizga jiddiy tajovuzdir", - deydi Annen.

Uning soʻzlariga koʻra, xatning nemis kompaniyalariga tahdid soluvchi mazmuni va ohangi mutlaqo nooʻrindir.

"Biz amerikalik hamkorlarimizga kompaniyalarimizga tazyiq oʻtkazishiga yoʻl qoʻymasligimizni yetkazdik", - dedi davlat vaziri. U Germaniya va Yevropaning energetika siyosati "Vashingtonda emas, balki Berlin va Bryusselda" belgilanishini taʼkidladi.

Annen shuningdek, Germaniya "Yevropa suverenitetini mustahkamlash uchun" Yevropa Ittifoqi Kengashi raisligidan foydalanishini maʼlum qildi hamda Yevropa bunday shantajga yon bermasligi kerakligini qoʻshimcha qildi.

"Shimoliy oqim-2"

"Shimoliy oqim-2" loyihasi Rossiyadan Germaniyaga Baltika dengizining tubi boʻylab ikkita gaz quvuri yotqizilishini koʻzda tutadi.

Berlin va Vena Rossiya loyihasini qoʻllab-quvvatlamoqda, chunki ular yoqilgʻining barqaror yetkazib berilishidan manfaatdor. Shuningdek, Norvegiya ham quvurni yotqizish tarafdoridir, uning hukumati qurilish pudratchilaridan biri boʻlgan Kvaerner kompaniyasining 30 foiz aktsiyalariga egalik qiladi.

Ammo shu bilan birga, oʻz manfaatlarini koʻzlab Litva, Latviya, Polsha va Ukraina “Shimoliy oqim-2”-ga qarshi chiqishmoqda. Loyihani, shuningdek, Yevropaga oʻz suyultirilgan gazini yetkazib berishni rejalashtirayotgan AQSH ham tanqid qilmoqda.

Oʻtgan yil oxirida AQSH mudofaa byudjetini qabul qildi, unga “Shimoliy oqim-2” qurilishida ishtirok etgan kompaniyalarga qarshi sanktsiyalar kiritilgan. Natijada, loyiha toʻxtab qoldi: Shveytsariyaning quvurlarni yotqizish bilan shugʻullangan Allseas kompaniyasi darhol ishini toʻxtatdi. Gazpromda qurilishni mustaqil ravishda yakunlash mumkinligi bildirildi.

Asosiy mavzular