19:05 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Siyosat
Havola olish
32810

Oʻzbekiston Afgʻonistonning Maslahat Loya jirgʻasining 400 nafar mahbus toliblarni ozod qilish toʻgʻrisidagi qarorini olqishlaydi.

TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Oʻzbekiston afgʻonlararo inkluziv muzokaralar olib borish yoʻlidagi soʻnggi toʻsiqni olishga xizmat qilgan 400 nafar mahbus toliblarni ozod qilish toʻgʻrisidagi Afgʻonistonning Maslahat Loya jirgʻasi qarorini olqishlaydi. Bu haqda TIV bayonoti eʼlon qilindi.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston tomoni Dohada Afgʻoniston hukumati va “Tolibon”* harakati oʻrtasida muzokaralar jarayoni boshlanishini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi va afgʻon zaminida uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikka erishish yoʻlida tomonlar siyosiy iroda, konstruktiv yondashuv va murosaga tayyor ekanliklarini namoyish etishlariga umid bildiradi.

Xabarda yozilishicha, Oʻzbekiston tinchlik jarayonini ilgari surishda har jihatdan yordam koʻrsatishda davom etadi va afgʻon xalqiga tinch kelajak va farovon davlat qurishda har tomonlama koʻmaklashishga qatʼiyan tayyor.

* - Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Asosiy mavzular