23:09 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Siyosat
Havola olish
176 0 0

2020 yilning 12-13 avgust kunlari oʻtkaziladigan Samarqand veb-forumida yoshlar huquq va manfaatlarini taʼminlashning xalqaro-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari muhokama qilinadi.

TOSHKENT, 12 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev inson huquqlari boʻyicha Samarqandda oʻtkazilayotgan yoshlar forumi ishtirokchilariga tabrik yoʻllab, oʻz murojaatida ushbu forum global miqyosdagi birdamlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlarini,  tinchlik va taraqqiyotni taʼminlash yoʻlida navqiron avlod tomonidan qoʻyilgan muhim amaliy qadam va qimmatli hissa boʻladi, deb umid bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, 12-13 avgust kunlari yoshlar huquqlarini himoya qilish masalalariga bagʻishlab oʻtkaziladigan Samarqand veb-forumida nufuzli xalqaro ekspertlarning ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Jumladan forumda Yoshlar ishlari boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining vakili, Islom hamkorlik tashkiloti Inson huquqlari boʻyicha komissiyasining ijrochi direktori, Parlamentlararo ittifoq yoshlar parlamenti Forumi prezidenti, Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari boʻyicha vakili, Yevropa Kengashining Yoshlar masalalari boʻyicha Maslahat kengashi, Yevropada Xavsizlik va Hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi, Yoshlar huquqlari boʻyicha Iber-Amerika konventsiyasi ekspertlar komissiyasi vakillari va boshqa ekspertlar veb-forumda maʼruzalarini taqdim qilishadi. 

"Maʼlumki, kelajakka intilib yashaydigan yosh avlod sayyoramizda farovon hayot va yuksak taraqqiyot barqaror boʻlishi uchun yangi gʻoyalar va ijodiy ruhdagi saʼy-harakatlarni amalga oshiradigan beqiyos kuchdir. BMTning Yoshlar strategiyasida taʼkidlanganidek, "yoshlar siymosida eng qimmatli va oʻta muhim resurslar mujassam topgan boʻlib, unga har qancha investitsiya kiritsa arziydi, chunki bu sarmoyalar bir necha barobar ziyoda boʻlib qaytadi". Men gʻoyat muhim ushbu fikrga toʻliq qoʻshilaman", - degan oʻz nutqida Oʻzbekiston prezidenti.

Bugungi kunda insoniyat duch kelayotgan koʻplab muammolar – tinchlik va xavfsizlikka tahdidlar, terrorizm va ekstremizm, irqchilik, iqlim oʻzgarishlari, shuningdek, COVID-19 pandemiyasi – oʻzaro kelishilgan global hamkorlikni va mavjud muammolarni hal etish jarayonlariga yoshlarni faol jalb qilishni talab etmoqda.

Shu munosabat bilan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilgan Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi konventsiyaning qabul qilinishi jahondagi ikki milliarddan ortiq yigit va qizlarning haq-huquqlarini taʼminlashda muhim ahamiyatga egadir.

U yosh avlodni maʼrifiy ruhda tarbiyalash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. Ushbu tashabbus xalqaro jamoatchilik tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanmoqda.

"Bugungi Forum ishtirokchilari ham ana shu tashabbusni qoʻllab-quvvatlaydilar, hujjat loyihasini oʻz amaliy takliflari bilan boyitadilar, deb ishonaman. Bugun oʻz ishini boshlayotgan Samarqand yoshlar forumi global miqyosdagi birdamlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlarini,  tinchlik va taraqqiyotni taʼminlash yoʻlida navqiron avlod tomonidan qoʻyilgan muhim amaliy qadam va qimmatli hissa boʻladi, deb umid qilaman", - degan Mirziyoyev va barcha ishtirokchilariga faoliyatlari samarali boʻlishini  tilagan.

Asosiy mavzular