16:13 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1165)
185 0 0

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga telegramma yoʻlladi. Unda qozoq yetakchisi koronavirusga qarshi vaktsinaning roʻyxatga olingani bilan tabriklagan

TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Qozogʻiston koronavirusga qarshi vaktsinani Rossiyadan xarid qilish masalasini muhokama qilish uchun Moskvaga hukumat delegatsiyasini yuboradi, deb xabar qildi Qosim-Jomart Tokayev.

"Avgust oyining ikkinchi yarmida Qozogʻiston hukumati delegatsiyasi Rossiya vaktsinasini xarid qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish uchun Rossiyaga boradi", — deb xabar qilgan davlat rahbari telegramm orqali Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga.

Tokayev koronavirus infektsiyasiga qarshi vaktsinaning dunyoda birinchi boʻlib roʻyxatga olinishi rossiya ilm-fanining yuqori salohiyati va mavqega egaligini va Rossiyaning ushbu global tahdidga qarshi yetakchi rolini tasdiqlaydi.

"Butun dunyo uchun murakkab shunday davrda Qozogʻistonni doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlayotganingiz, shu qatorda, mamlakatimizdagi sanitariya-epidemiologiya holatini yaxshilashga salmoqli hissa qoʻshgan insonparvarlik yordami va shifokorlarni yoʻllaganingiz uchun Sizdan minnatdormiz", - degan Tokayev.

Allergolog-immunolog Vladimir Bolibok
© Foto : lichnыy arxiv Vladimira Boliboka

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin COVID-19ga qarshi ilk vaktsina roʻyxatdan oʻtkazilgani haqida eʼlon qilgan edi. Inʼyektsiya "Sputnik V", deb nom berildi.

Rossiyada birinchi boʻlib tibbiyot xodimlari emlanadi. Vaktsinatsiya ishlari joriy yil sentyabrda boshlanishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, RF sinovlarning uchinchi fazasini hali oʻtkazmagan, ammo roʻyxatga olish uchinchi faza yakunlanishiga qadar odamlarni emlashga imkon beradi.

Vaktsina 2021 yilning 1 yanvarida keng miqyosda muomalaga kiritiladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1165)

Asosiy mavzular