18:32 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Siyosat
Havola olish
220 0 0

Narkotrafik va terrorizmga qarshi kurashish samaradorligini oshirish uchun tomonlarning soha idoralari oʻrtasida chegaralarni qoʻriqlash va axborot almashish borasidagi hamkorlikni kengaytirishning muhimligi taʼkidlandi.

TOSHKENT, 12 avg - Sputnik. Bugun, 12-avgust kuni videokonferentsaloqa vositasida "Oʻzbekiston-AQSH-Afgʻoniston" uch tomonlama hamkorlik shakli Xavfsizlik boʻyicha quyi qoʻmitasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot-xizmati.

Tadbirda quyi qoʻmita hamraislari – Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari Salimjon Xusanov, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidikov, AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisi oʻrinbosari Nensi Jekson, AQSH Mudofaa vaziri yordamchisi oʻrinbosari Tomas Krochi, Afgʻoniston Prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari Salam Shah Ibrahimi, Afgʻoniston Milliy mudofaa vaziri oʻrinbosari Abdulhay Rauf, uchta davlatning mutasaddi vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etdi.

Tomonlar joriy epidemiologik holat yuzasidan fikr almashdilar, koronavirus infektsiyasining mintaqaviy va global xavfsizlikka taʼsirini muhokama qildilar. COVID-19 oqibatlarini bartaraf etish uchun kuchlarni birlashtirish zarurligi qayd etildi.

Narkotrafik va terrorizmga qarshi kurashish samaradorligini oshirish uchun tomonlarning soha idoralari oʻrtasida chegaralarni qoʻriqlash va axborot almashish borasidagi hamkorlikni kengaytirishning muhimligi taʼkidlandi.

"Ayollar, tinchlik va xavfsizlik"” kun tartibi boʻyicha munosabatlarning dolzarb jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Ayollar va qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, ularga nisbatan kuch ishlatish va xotin-qizlarning sifatli taʼlim olishi borasidagi muammolarni hal qilish mexanizmlari muhokama qilindi.

Yigʻilishda qoʻshma kun tartibining boshqa masalalari ham koʻrib chiqildi.

Asosiy mavzular