14:13 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (58)
391 0 0

Iyun oyi oxirida NYT nashri ismi sir saqlangan amerika razvedka xizmati vakillariga tayanib, Rossiya harbiy razvedkasi "Tolibon"ga aloqasi boʻlgan jangarilarga Afgʻonistonda amerikalik harbiylariga hujum uyushtirish evaziga mukofot taklif etgani haqida xabar tarqatgan edi.

TOSHKENT, 13 avg - Sputnik. AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo agar Rossiya toliblarga Afgʻonistondagi amerikalik harbiylarning qotilligi uchun pul toʻlagan boʻlsa, RF uchun bu "oʻta qimmatga" tushishini aytib, tahdid qildi.

"Agar ruslar amerikaliklar yoki umuman Gʻarbdagi odamlar qotilligi uchun pul taklif qilishayotgan boʻlsa, u holda bu ular uchun juda qimmatga tushadi. Men bu haqda tashqi ishlar vaziri (Sergey) Lavrov bilan gaplashdim. Bizning harbiylarimiz ularning yetakchilari (RF Mudofaa vazirligi rahbariyati - tahr.) gaplashishganidan xabardorman. Biz endi bunga toqat qilmaymiz", - deb aytgan Pompeo intervyuda. Intervyu matni davlat departamenti tomonidan tarqatilgan.

Iyun oyi oxirida The New York Times nashri ismi oshkor qilinmagan amerika razvedka xizmati vakillariga tayanib, Rossiya harbiy razvedkasi "Tolibon"ga aloqasi boʻlgan jangarilarga Afgʻonistonda amerikalik harbiylarga hujum uyushtirish evaziga mukofot taklif etgani haqida xabarni tarqatgan edi. Nashr bu borada birorta dalil keltirmagan.

Voyennoslujaщiye armii SSHA v Afganistane
© Flickr / Program Executive Office Soldier

Rossiya TIV maqolani uydirma, deb atadi, tashqi siyosiy mahkama rahbari Sergey Lavrov esa ushbu ayblovlarni Qoʻshma Shtatlarda saylovlar oldidan roʻy berayotgan ichki siyosiy kurash bilan bogʻladi.

Prezident Donald Tramp, oʻz navbatida maqolani buyurtma, deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, amerika razvedkasi New York Times xabarini ishonchga sazovor, deb topmagan. Pentagondagilar ham "kelishuv" tasdiqlariga ega emasligini taʼkidlashgan.

"Tolibon" radikal harakati siyosiy ofisi rasmiy vakili Suxayl Shaxin RIA Novostiga bergan intervyusida Rossiya bilan "kelishuv" haqidagi xabarlarni "xato va asossiz maʼlumot", deya atagan. Shaxinning aytishicha, bu maʼlumotlar Afgʻoniston milliy xavfsizlik departamentidan chiqqan boʻlishi mumkin.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (58)

Asosiy mavzular