O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

© MID RF Sergey Lavrov i Abdulaziz Kamilov
Sergey Lavrov i Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekistonning MDHga raisligi doirasida ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar

TOShKENT, 14 avg - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda TIV matbuot-xizmati.

Stuardessa v salone dalnemagistralnogo shirokofuzelyajnogo passajirskogo samoleta Airbus A350-900 aviakompanii Aeroflot - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya MDH davlatlariga parvozlarni qachon qayta tiklaydi – ehtimoliy sanalar

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va madaniy-gumanitar jabhalardagi O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlar dunyoda koronavirus atrofida kuzatilayotgan vaziyatni ham muhokama qilib, savdo-iqtisodiy aloqalarga pandemiyaning salbiy ta’sirini qisqartirish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirishning zarurligini qayd etdilar.

Turli darajalardagi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning jadvali, kun tartibi va ularga tayyorgarlik ko‘rishning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekistonning MDHga raisligi doirasida ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Telefon orqali muloqot chog‘ida xalqaro va mintaqaviy siyosatning alohida mavzulari ham ko‘rib chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0