Gorbachev Lukashenkoning xatosini aytdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya knigi M. Gorbacheva "Ostayus optimistom" v Moskovskom Dome Knigi
Prezentatsiya knigi M. Gorbacheva Ostayus optimistom v Moskovskom Dome Knigi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gorbachev Sovet Ittifoqi parchalanish vaqtida u ham ishchilarga murojaat qilganini, lekin kutilgan yordamni ola olmaganini aytib o‘tdi.

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachovning fikricha, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat korxonalari ishchilariga ko‘mak uchun juda kech murojaat qilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

"Lukashenko sanoat korxonalari ishchilariga qo‘llab-quvvatlashini so‘rab murojaat qildi. Lekin, menimcha, kech bo‘lgan", - dedi u "Komsomolskaya pravda" gazetasi bilan suhbatda.

Shuningdek Gorbachev Belarusdagi hodisalarning chet el ta’siriga e’tibor qaratdi.

Siyosatchi Sovet Ittifoqi davri ohirida u ham mehnatkashlarga ko‘mak uchun murojaat qilganini ta’kidladi.

"Kerakligicha yordamni olishga muvaffaq bo‘lmadik. Men aybni ishchilarga ag‘darishga moyilligim yo‘q", - dedi Gorbachov.

Miting v podderjku deystvuyushego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko o‘z tarafdorlari oldida nutq so‘zladi - asosiy fikrlar

U Sovet Ittifoqi prezidenti lavozimini "parchalanish va ichki urushning oldini olish maqsadida" tark etganini tushuntirdi.

To‘qqizinchi avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, davlat rahbari Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz to‘plagan, Tixanovskaya esa 10,12 foiz ovoz olgan. Muxolifat ushbu natijalarni tan olishdan bosh tortdi.

Saylov tugashi bilanoq ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Avvaliga ular xavfsizlik kuchlari tomonidan ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, suv purkagichlar, ovoz va yorug‘lik granatalari va rezina o‘qlardan foydalangan holda qattiq bostirildi, ammo keyin mitinglarni tarqatish to‘xtatildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, dastlabki kunlarda taxminan yetti ming kishi hibsga olindi, IIV ma’lumotlariga ko‘ra, yuzlab odamlar jarohatlandi, ularning orasida 120 dan ortiq huquq-tartibot xodimlari, uch kishi halok bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0