Dunyoning qaysi yetakchilari vaziyat bosimi ostida iste’fo berishga majbur bo‘lgan?

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Bolivii Evo Morales
Prezident Bolivii Evo Morales - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Bali poytaxti Bamako yaqinidagi harbiy bazada qo‘zg‘olon boshlanib, isonchilar mamlakat prezidenti Ibrohim Bubakar Keyt va bosh vazirni hibsga oldi. Shundan so‘ng, yetti yildan buyon davlatni boshqarib kelayotgan Mali prezidenti iste’fo berishga majbur bo‘ldi.

2019 yil 10-noyabr kuni 2006-yildan beri hokimiyat tepasida bo‘lib kelgan Boliviya prezidenti Evo Morales iste’foga chiqishini e’lon qildi. U prezidentlik saylovlari natijalari tufayli yuzaga kelgan noroziliklar va mamlakat harbiylarining barqarorlikni ta’minlash uchun uni lavozimni tark etishga da’vatidan so‘ng shunday qaror qabul qilgan.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Bolivii E. Moralesom - Sputnik O‘zbekiston
Morales: Boliviyadagi davlat to‘ntarilishining ildizi AQShda

2017 yilning 22-noyabrida 1987-yilning 31-dekabridan shu lavozimni egallab kelgan Zimbabve prezidenti Robert Mugabe parlamentning impichment haqidagi qaroridan keyin iste’fo berish qarorini qabul qilgani haqida e’lon qildi. 15-noyabrdan keyin harbiylar Zimbabve poytaxti Xarareda telemarkazni va mamlakat prezidenti qarorgohini o‘z nazoratiga olgach Mamlakatdagi vaziyat o‘tkir tus olgan edi.

19 noyabr kuni uy hibsida bo‘lgan Mugabe "Zimbabve afrika milliy ittifoqi — vatanparvarlik fronti" (ZANU-PF) partiyasidagi barcha rahbarlik lavozimlaridan mahrum etildi. Shundan so‘ng partiya MQ Mugabeni davlat rahbari vakolatini 20-noyabr kunning yarmiga qadar topshirishga chaqirdi, aks holda unga qarshi impichment tashkillashtirilishini aytdi. Ammo Mugabe bunga quloq solmadi. 21-noyabr kuni Zimbabve parlamenti Mugabe impichmenti haqida qaror qabul qildi va unga vakolatlarni o‘zidan sokit qilish uchun bir sutka muhlat berdi.

Andrey Koshkin - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko hokimiyatni saqlab qolish uchun keskin harakat qiladi - Koshkin

2014 yilning 10-yanvarida Markaziy Afrikaning muvaqqat prezidenti Mishel Jotodiya o‘z iste’fosi haqida e’lon qildi. MAR musulmon ozchilik vakili bo‘lgan Jotodiya, 2013-yilning martida MAR va siyosiy oppozitsiya vakillari o‘rtasida tinchlik haqida bitim tuzilganiga qaramay, o‘zini prezident deb e’lon qilgan.

O‘shanda aksariyati musulmonlardan iborat bo‘lgan "Seleka" uyushmasi jangarilari, MAR poytaxti Bangini qo‘lga oldi. MARning to‘ntarilgan rahbari Fransua Bozize mamlakatdan qochishga majbur bo‘ldi. 2013-yil dekabrida MAR poytaxtida "Seleka" va ularga qarshi turgan nasroniy-isonchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi.

2008 yilning 18-avgust sanasida Pokiston prezidenti Parvoz Musharraf impichment tahdidi ostida iste’fo berishga majbur bo‘ldi. 2008-yilda g‘alaba qozongan Pokiston xalq partiyasi va Pokiston musulmon ligasi (Navaz fraksiyasi) avgust oyida 1999-yil harbiy to‘ntarish natijasida mamlakatga rahbarlik qilgan prezidentning impichmenti jarayonini ishga tushirishga kelishib oldilar. Musharraf demokratik saylangan hukumatni to‘ntarish, Oliy sud sudyalarini noqonuniy ishdan olish, 2007-yilda favqulodda holat joriy etish va boshqa jinoyatlarda ayblangan. 

Material RIA Novosti va ochiq manbalardagi ma’lumotlar asosida tayyorlangan.

Yangiliklar lentasi
0