15:03 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
262 0 0

Rossiya va Oʻzbekiston orasida har tomonlama strategik sheriklik toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaning imzolanishi - kelgusi yillar davomida deyarli barcha sohalarda uni yanada rivojlantirish uchun zamin yaratadi.

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. Rossiya va Oʻzbekistonning har tomonlama strategik sheriklik toʻgʻrisidagi deklaratsiya mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqadi, dedi Rossiyaning respublikadagi elchisi Vladimir Tyurdenev “Dunyo” AAga bergan intervyusida.

"Rossiya-Oʻzbekiston munosabatlarini mutlaqo boshqa darajaga koʻtarish uchun izchil, tizimli qadamlar qoʻyilmoqda. Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining har tomonlama strategik sheriklik toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaning imzolanishi buning amalga oshirayotganimizning yaqqol dalilidir", - dedi Tyurdenev.

Uning soʻzlariga koʻra, ushbu hujjat "mamlakatlar oʻrtasidagi uzoq muddatli samarali hamkorlikning asosiy mohiyati boʻlib, kelgusi yillar davomida deyarli barcha sohalarda uni yanada rivojlantirish uchun zamin yaratadi".

"Oʻzbekiston prezidentining Rossiyaga boʻlajak davlat tashrifi mavzusiga toʻxtalar ekanman, aytib oʻtishim kerak, mamlakatlarimiz rahbarlari Vladimir Vladimirovich Putin va Shavkat Miromonovich Mirziyoyev oʻrtasida iliq va samimiy munosabatlar oʻrnatildi", - dedi diplomat.

Tyurdenev, shuningdek, bir necha kun oldin rossiyalik shifokorlar va mutaxassislardan iborat delegatsiya Toshkentga oʻzlarining hamkasblariga koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishda va oʻta ogʻir bemorlarni davolashda yordam berish uchun kelganligini eslatdi.

"Buni mamlakatlarimiz oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikning eng yaqqol namunasi desak boʻladi", - dedi diplomat.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladilar.

Memorandum kelajakda axborot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va milliy qonunchiliklar boʻyicha va kelgusi istiqbolli loyihalar boʻyicha maʼlumotlar almashinuvi imkonini beradi.

Asosiy mavzular