16:54 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Siyosat
Havola olish
407 0 0

Belarusning bir qator korxonalarida ishchilar ish tashlagani maʼlum qilingan edi, ishlab chiqarishning yangi toʻxtatilishlari ham eʼlon qilingandi. Shu bilan birga, hukumat ish tashlashlar koʻlamini katta ahamiyatga ega emas deb baholamoqda.

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. Prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya yangi videomurojaat yozdi, ayol unda Belarusdagi yirik korxonalar ishchilarini ish tashlashlarni davom ettirishga chaqirgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Hurmatli belaruslar, "Belaruskaliy", MTZ, "Grodnoazot" va boshqa korxonalarning ishchilari, siz yangi, ozod Belarusiya timsolisiz. <...> Belarusning kelajagi, yaʼni, bolalarimizning kelajagi endi sizning birligingiz va qatʼiyatingizga bogʻliq. Shuning uchun sizlardan ish tashlashlarni davom ettirishni va ularni kengaytirishni soʻrayman", - deb aytgan ayol oʻz murojaatida.

Tixanovskaya bu harakatlarning maqsadi sifatida siyosiy mahbuslarning ozod etilishi va yangi saylovlarning oʻtkazilishini koʻrsatgan.

Belarusning bir qator korxonalarida ishchilar ish tashlagani maʼlum qilingan edi, ishlab chiqarishning yangi toʻxtatilishlari ham eʼlon qilingandi. Shu bilan birga, hukumat ish tashlashlar koʻlamini katta ahamiyatga ega emas deb baholamoqda.

Respublika Bosh vaziri Roman Golovchenko soʻzlariga koʻra, mamlakat iqtisodiyotining real sektorining barcha korxonalari odatiy holda ishlamoqda. Belarus atom elektr stantsiyasida barcha xodimlar ishni davom ettirmoqdalar. Oʻz navbatida, Belarus metallurgiya zavodi (BMZ) domna pechlarining ishlashini vaqtincha toʻxtatilgandi, ammo keyin normal ish holatiga keltirdi.

Muxolifatning ommaviy namoyishlari 9 avgust kuni Belarusda amaldagi mamlakat yetakchisi Aleksandr Lukashenko oltinchi marta gʻalaba qozongan prezident saylovlaridan keyin boshlandi. Markaziy saylov komissiyasining maʼlumotlariga koʻra, u 80,1 foiz ovoz toʻplagan.

Muxolifat, saylovda Lukashenko emas, Svetlana Tixanovskaya gʻalaba qozondi deb hisoblaydi. Dastlabki kunlarda namoyishlar xavfsizlik kuchlari tomonidan bostirildi, natijalardan norozi namoyishchilarga qarshi koʻzdan yosh oqizuvchi gaz, suv purkagichlar, yorugʻlik-shovqin granatalari, rezina oʻqlar ishlatildi. Keyinchalik huquq-tartibot idoralari mitinglarni tarqatish va kuch ishlatishni toʻxtatdilar.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, dastlabki kunlarda 6,7 ​​mingdan ortiq odam hibsga olindi. Respublika IIV xabariga koʻra, tartibsizliklarda yuzlab odamlar jarohatlangan, ularning orasida 120 dan ortiq huquq-tartibot xodimlari, uch namoyishchi halok boʻlgan.

Asosiy mavzular